SQB Yashnobod bank xizmatlari markaziga katta universal servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:

• Yuridik va jismoniy shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki nazoratdan o'tkazish
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, BDMABga so'rovnomalar yuborish
• Jalb qilingan depozitlar bo'yicha operatsiyalar hisobini yuritish
• Imzo namunalari varaqchasi o'zgarganda hujjatlarni rasmiylashtirish va ma'lumotlarni yangilash
• Ichki audit tekshiruvlari bilan bog'liq ma'lumotlarni taqdim etish

Talablar:
• Oliy ma'lumot (iqtisodiy yoki boshqa)
• Kamida 2 yillik ish tajribasi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek, rus va chet tillarini bilish
• Haydovchilik guvohnomasi mavjudligi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.