Yuridik departament direktori

Ish joyi: Bankning Bosh ofisi, Toshkent shahri  
Bo’ysunish: Boshqaruv raisiga  
Bandlik turi: To’liq, doimiy

Asosiy vazifalar:
▪️ Bankning yuridik faoliyati va filial tarmog’iga strategik rahbarlik qilish;
▪️ Bank faoliyatining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash;  
▪️ Ichki me’yoriy hujjatlar, shartnomalar va kredit materiallarining huquqiy ekspertizasini tashkil etish;  
▪️ Bankning shartnoma, sud-da’vo va iddao ishlarini nazorat qilish;
▪️ Boshqaruv, Kuzatuv kengashi va kollegial organlar qarorlarini huquqiy jihatdan ta’minlash;
▪️ Sudlarda, davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda Bank manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish;
▪️ Rahbariyatni korporativ, bank, mehnat, soliq va fuqarolik huquqi masalalari bo’yicha maslahat bilan ta’minlash.

Malaka talablari:
▪️ Oliy yuridik ma’lumot;
▪️ Yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida 5 yillik ish tajribasi;
▪️ O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini (bank, fuqarolik, mehnat, xo’jalik, ma’muriy, korrupsiyaga qarshi va boshqalar) chuqur bilish;
▪️ Yuridik yo’nalish rahbari lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasi;  
▪️ Sud va shartnoma ishlari, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan o’zaro hamkorlik qilishda amaliy tajriba;
▪️ Elektron huquqiy ma’lumotlar bazalari va elektron hujjat aylanishi tizimlari bilan ishlash ko’nikmalari;
▪️ O’zbek tilini bilish.

Ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlar: Mexnat kodeksining 124-moddasiga asosan.