Все Кредиты
Prezidentimizning 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizdaxotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqichni boshlab berdi.
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi, «Ayollar daftari»ni shakllantirish va ular bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi,Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etilib, vazifalari takomillashtirildi, har bir tegishli vazirlik va idoralar zimmasiga ularning vakolatlari doirasida topshiriqlar yuklatildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida 2000 ga yaqin xotin-qizlar faoliyat yuritadi. Bu ko‘rsatkich umumiy xodimlar jamoasining qariyb 50 foiziga teng. Bu Bank kadrlar siyosatida gender xilma-xillikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat berilayotganini ifodalaydi.
–Bankimiz tizimidagi xotin-qizlarni ijtimoiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ulardaliderlik qobiliyatini yuzaga chiqarib, rahbar xodimlar o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash maqsadida 2019 yildan boshlab yirik bir loyiha – “SQB Ayollar klubi” ish olib bormoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Sh.Yakubov. – Klub faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning g‘oyaviy rahbari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova jalb etildi.Hozirgi kunga qadar klub 3 ta mavsumda tashkil etilib, har bir mavsum 6 oylik Hard va Soft skills yo‘nalishidagi treninglarni o‘z ichiga oldi. O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash komissiyasi bizning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatimizni yuqori baholab, bank rasmiy saytini “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt” deya e’tirof etdi.
Bank tomonidan, shuningdek ayol xodimlarni sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etishga ham katta e’tibor qaratiladi.Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Bosh bank hamda filiallararo musobaqalar muntazam tashkil etiladi. Kitobxonlik bellashuvlari o‘tkazilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi.
Davra suhbatida so‘z olgan Adliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ullarioila, ish va o‘qishda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli ko‘rinishdagi rasmlari, videolarini tarqatish orqali ularning shaxsiy hayot daxlsizligini buzish holatlaridan himoyalash tizimlari haqida batafsil tushuncha berdi. Ayollarni ruhiy himoya qilish institutlari faoliyati bilan tanishtirdi.
Spikerlarning oila va nikoh munosabatlari, oila psixologiyasi, ayollarning o‘ziga ishonchini oshirish yuzasidan qilganchiqishlari ham ishtirokchilar uchun qiziqarli kechdi.
Tadbirda Bosh bank hamda ZOOM platformasi orqali muassasaning 44 ta filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...
Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins ...
Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...