Yangiliklar

Aholi murojaatlari tahlil qilindi


16.11.2022 09:34

Aholi murojaatlari tahlil qilindi

Joriy yilning 15-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida oʻtgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Prezidentimiz raisligida 2021-yil 23-iyulda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bu borada har bir rahbarning oʻz strategiyasi boʻlishi lozimligi taʼkidlangan edi.

Brifingda qayd etilganidek, Oʻzsanoatqurilishbank faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Uning ijrosi yuzasidan doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan 9 oyi boʻyicha oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, jismoniy va yuridik shaxslardan jami 935 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 267 tasi ijobiy hal etilgan, 606 tasi boʻyicha amaldagi meyoriy hujjatlarga asosan tushuntirishlar berilgan va 62 tasi qonun normalariga zid boʻlganligi sababli koʻrmasdan qoldirilgan.

Hududlar kesimida asosiy murojaatlar Toshkent shahri aholisidan kelib tushgan: umumiy murojaatlarning 27,1 foizini tashkil etadi. Shuningdek, bu koʻrsatkich Toshkent viloyati boʻyicha 14,5 foiz, Qashqadaryo viloyati miqyosida 7,1 foiz, Surxondaryo viloyati misolida 7 foiz va Fargʻona viloyati boʻyicha 6 foizni tashkil qiladi.

Murojaatlarning 293 tasida kredit toʻlovi muddatlarini uzaytirish soʻralgan boʻlsa, 147 tasida chakana biznes yoʻnalishidagi masalalar, 132 tasida milliy valyutada kredit ajratish, 46 tasida esa ishga joylashish bilan bogʻliq murojaatlar oʻrin olgan.

Mamlakatimizda xalq orasiga kirish, ular bilan yaqindan muloqot qilishning samarali usullari keng qoʻllanilmoqda. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoya asosida sayyor qabullar oʻtkazilib, muammolar joyida yechim topishiga erishilmoqda.

Xususan, hisobot davrida Bank rahbariyati tomonidan 30dan ortiq sayyor qabullar tashkil etilib, ularda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli 90dan ziyod murojaatlar ijobiy hal qilindi.

Bundan tashqari, bugungi kunda Bankning bosh ofisidagi ishonch telefoniga kelib tushayotgan ogʻzaki murojaatlarga ham tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda. Bu borada oʻtgan 9 oy davomida 6500 dan ziyod qoʻngʻiroqlar orqali bildirilgan taklif va eʼtirozlar yechimi tegishli tuzilmalar tomonidan hal etildi.

Brifingda qayd etilganidek, Bank tizimida aholi murojaatlari bilan ishlashda tuzilmalar, hududiy tarmoqlar hamda masʼul shaxslar faoliyati alohida oʻrganib boriladi.

Hisobot sanasida Bankning hududiy tarmoqlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha ishlash sohasidagi 12 ta holat boʻyicha kamchilik aniqlangan. Bunday holatga yoʻl qoʻygan 6 nafar masʼul xodimga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi va 6 nafar xodimga oʻrtacha oylik ish haqining 10 foizi miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.

Tizimda aholi murojaatlari bilan ishlashda bunday holatlarning oldini olish maqsadida alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Unga binoan Bank bosh ofisidagi tarkibiy tuzilmalar hamda mintaqaviy tarmoqlarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimiga qatʼiy rioya qilinishi va bu borada javobgarlik shaxsan rahbarlar zimmasida boʻlishi belgilangan.

Murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirib borish, xususan, murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni murojaatchi bilan uchrashgan holda koʻrib chiqish, takroriy murojaatlar boʻyicha aniqlangan muammolarni batamom hal etish chorasini koʻrish, ishonch telefonlarining ish vaqtida uzluksiz ishlashini taʼminlash, sayyor uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish hamda murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish yuzasidan nazorat ishlarini yanada kuchaytirish vazifalari belgilangan.

https://www.youtube.com/watch?v=vu62MDuaoTg

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 16.11.2022 09:38  
up