Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbankning hududiy tarmoqlari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi va uning talablari bo‘yicha o‘quv-treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Shu kunga qadar ushbu mavzu doirasida Bankning Namangan, Farg‘ona, Andijon hamda Surxondaryo viloyatlaridagi Bank xizmatlari markazlarida seminarlar tashkil etildi.
Bank tizimida Prezidentimizning 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish va to‘liq sertifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “CERT Academy” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan Bosh bank markaziy apparatidan 80 nafarga yaqin top-menejer ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha o‘qitilib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Endilikda xalqaro standart talablari bilan hududiy tarmoq xodimlarini tanishtirish ishlari ushbu top-menejerlar tomonidan davom ettirilmoqda.
Ular ishtirokida Namangan, Farg‘ona, Andijon hamda Surxondaryo viloyatlaridagi Bank xizmatlari markazlarida o‘tkazilgan seminarlarda 100 nafarga yaqin xodim korrupsiyaga qarshi xalqaro boshqaruv tizimlari, bu borada foydalanish uchun talab va tavsiyalar bo‘yicha o‘qitildi, shu yo‘nalishda ishlab chiqilgan ichki me'yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Hozirda bu kabi seminarlar Bankning boshqa hududiy tarmoqlarida ham tashkil etilmoqda.
Bank Axborot xizmati...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...