Все Кредиты
Joriy yilning 3-7-mart kunlari poytaxtimizda Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbusi bilan xalqaro Tabiiy tosh biznes sammiti boʻlib oʻtdi. Ilk bor oʻtkazilgan tadbirda oʻndan ziyod rivojlangan davlatlardan 50 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Sammit Oʻzbekistonda tabiiy pardozbop toshlar eksportini oshirish, xorijiy soha vakillari hamda ishbilarmonlarni mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, sanoat korxonalari va konlar faoliyati bilan tanishtirish, shuningdek, oʻzaro tajriba almashish va savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarishda jahon tajribasi, ilgʻor texnologiyalar, konlardan foydalanish, mahsulot turlari, logistika va tabiiy toshlar marketingi boʻyicha taqdimotlar namoyish etildi. Ishbilarmon doira vakillari oʻzaro fikr almashdi.
Mehmonlar sammit doirasida Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi sanoat korxonalarida boʻlishdi.
Tabiiy pardozbop toshlar qazib olish va uni qayta ishlash boʻyicha respublikadagi yagona klaster – “Marmarobod” korxonasi faoliyati hamda Gʻazgʻon shaharchasida joylashgan konlardagi qazish jarayonlari xorijiy mutaxassislarda katta qiziqish uygʻotdi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...