Orqaga qaytish
1937 
Joriy yilning 5-fevral kuni Özsanoatqurilişbank “Toşkent” Respublika fond birjasiga a’zo böldi. Bu bankka birja savdolarida faol iştirok etiş imkoniyatini bersa, mijozlari uçun fond bozori vositalaridan foydalaniş va uzoq muddatli kapitalni jalb qilişda qöşimça qulayliklar yaratadi.
2024-yil 20-dekabr kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uçraşuvida mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxşilaş va moliyalaştiriş manbalarini diversifikatsiya qiliş zarurligi ta’kidlandi. Bank kreditlari bilan çeklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga mos ravişda mustaqil moliyalaştiriş usullarini kengaytiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilandi.
Özsanoatqurilişbankning “Toşkent” Respublika fond birjasiga a’zo bölgani uning tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarining yana bir mahsulidir.
Xususan, a’zolik nafaqat Bankka birja savdolarida faol iştirok etiş, balki, mijozlar uçun fond bozori vositalaridan foydalaniş va uzoq muddatli kapitalni jalb qilişda qöşimça qulayliklar yaratadi.
Bu borada Bank tomonidan taşkil etilgan Investitsion banking departamenti mahalliy va xalqaro kapital bozorlariga çiqişni maqsad qilgan tadbirkorlarga konsalting va moliyaviy xizmatlari bilan har tomonlama kömaklaşadi. Jumladan, IPO va obligatsiya çiqariş, ESG reytinglarini oliş, xalqaro standartlar böyiça hisobotlar tayyorlaş kabi masalalarda biznes vakillariga yordam körsatiladi.
Qayd etiş joiz, Özsanoatqurilişbank sönggi yillarda xalqaro moliyaviy tizimlarga integratsiyalaşiş yönalişida faoliyat yuritib, London fond birjasida ham öz obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylaştirdi. Bankning fond birjasiga a’zo bölişi uşbu tajribalarni mahalliy bozorga tadbiq qiliş va tadbirkorlar uçun yangi investitsiya imkoniyatlarini oçişda muhim qadam hisoblanadi.
Bank Axborot xizmati

