Orqaga qaytish
1859 
Joriy yil 19-21-may kunlari Özsanoatqurilişbank hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YETTB) hamkorligida mamlakatimizdagi mikro, kiçik va örta biznes subyektlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ötkazildi.
Tadbirlar doirasida bank va YeTTB vakillari Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritayotgan işlab çiqariş obyektlariga taşrif buyurib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, investision salohiyati va moliyaviy ehtiyojlari bilan yaqindan tanişdi. Ayniqsa, eksportga yönaltirilgan, innovasion ğoyalarga asoslangan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Şu orqali tadbirkorlarning ehtiyojlariga muvofiq moliyaviy yordam va maslahat xizmatlari körsatiş imkoniyatlari muhokama etildi.
Seminar va amaliy uçraşuvlar – bilim va tajriba almaşinuvi
Buxoro şahrida taşkil etilgan yirik seminarda maşhur biznes-trener Uluğbek Xojiahmedov iştirok etib, biznesni strategik boşqariş va muvaffaqiyatli rivojlantiriş borasidagi tajribalari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, YeTTB va bank mutaxassislari tomonidan grant dasturlari, maslahat xizmatlari va moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida atrofliça ma’lumot berildi.
Samarqand şahridagi amaliy formatdagi uçraşuv esa, bankning amaldagi mijozlari va kredit dasturlariga qiziqiş bildirgan tadbirkorlar iştirokida ötkazildi. Ular YeTTB va bank hamkorligida taqdim etilayotgan moliyaviy imkoniyatlardan qanday foydalangani, bu orqali faoliyatlarida qanday natijalarga erişgani haqida fikr bildirdi.
Iqtisodiy ösiş va tadbirkorlikni rağbatlantiriş yölida
Barça tadbirlardan körinadiki, Özsanoatqurilişbank va YeTTB tomonidan amalga oşirilayotgan hamkorlik dasturlari tadbirkorlar uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu taşabbuslar orqali biznes subyektlari uçun moliyaviy resurslar va konsalting xizmatlariga keng yöl oçilib, ularning barqaror ösişi va hududlar iqtisodiyoti rivojiga turtki bermoqda.
Bank kelgusida ham YeTTB kabi xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tadbirkorlik muhitini yana-da takomillaştiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliy biznesni global bozorlarga olib çiqişni maqsad qilgan.
Bank axborot xizmati

