Joriy yilning 12 sentabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Yevropa investitsiya banki (EIB) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda YEIB tomonidan “yashil” loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha jalb qilingan kredit liniyasini oʻzlashtirish doirasida korxonalarda energiya audit oʻtkazish hamda ulardagi texnologik uskunalarni baholash masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish joiz, Oʻzbekistonda YEIB tomonidan “yashil” loyihalarni texnik jihatdan oʻrganib, xulosa berishda bepul maslahat xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Natijada bank tomonidan ushbu turdagi loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari anchayin faollashdi.

https://www.youtube.com/shorts/O8COr_Ve0Vg



Oxirgi yangilanish sanasi: 05.10.2023 12:31  
up