Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkorlar va mutasaddilar oʻrtasidagi manfaatli muloqot


21.02.2023

 Tadbirkorlar va mutasaddilar oʻrtasidagi manfaatli muloqot

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Navoiyva Buxoro viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda davlat soliq hamda Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmalaridan ham vakillar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlar murojaati bilan ishlash tizimlashtirildi. Ulardan kelib tushayotgan taklif va tashabbuslar davlatimiz rahbari boshchiligida alohida yoʻnalishlarda ilgari surilmoqda.

Joriy yilning 3-fevral kuni Namangan shahrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan ochiq muloqotda ham Prezidentimiz tomonidan avvalo, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalasiga eʼtibor qaratildi. Iqtisodiyotda yoʻqotishlar oʻrnini qoplash va biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun alohida qaror imzolagani, unga koʻra, sovuqdan qiyinchilik koʻrgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa toʻlovlar boʻyicha yengilliklar berilishi maʼlum qilindi.

Oʻzsanoatqurilishbank murojaatlar bilan ishlash tizimida sayyor uchrashuvlar alohida oʻrin tutadi. Bunda tadbirkorlarga sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyati yetkaziladi, ularning huquqiy-moliyaviy va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashiladi.

Navoiy va buxorolik tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan muloqot ham oʻzaro manfaatli tarzda oʻtkazildi.

Unda ishbilarmon doiralar va mutasaddilar oʻrtasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda tumanlar salohiyati muhokama qilindi. Loyihalarni ishlab chiqish va tatbiq etishda moliyaviy instrumentlardan foydalanish imoniyatlari oʻrganildi. Bank xizmat va mahsulotlari boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

11/17/2023 01:02:48 pm
Chexiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida Chexiya Respublikasining “PSP E ...

10/24/2023 04:29:36 pm
Ozarbayjonda qurilish materiallari “Savdo uyi” ochiladi

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo ...

10/12/2023 05:01:12 pm
Oʻzbekiston qurilish materiallari bozoriga qiziqish ortmoqda

Poytaxtimizdagi «Oʻzekspomarkaz» milliy koʻrgazmalar markazida “Aquatherm Tashkent 2023» XI xalqaro koʻrgazmasi boʻlib o ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.02.2023 09:43  
up