Nega savdoni moliyalashtirishni tanlash kerak?

Birinchi navbatda ushbu bank mahsuloti nima ekanligini aniqlashtirib olaylik. Savdoni moliyalashtirish – bu aylanma mablag‘lar yetishmovchiligi paytida kelishuvni rasmiylashtirishdir, bundan tashqari u kredit liniyasi va faktoring kabi bank mahsulotlariga muqobil mahsulotdir.

Savdoni moliyalashtirishning afzalligi shundaki, u o‘z ichiga bir necha omillarni qamrab oladi:  dunyoning barcha mamlakatlari bilan operatsiyalar jarayonida garov sifatida hamkorlik qilish imkoniyati, to‘lov shartlari va ularni amalga oshirishda ishonchlilik va moslashuvchanklik, qisqa muddatli moliyalashtirish sifatida ham qo‘llanilish imkoniyati, ishonchlilik halqaro xuquq bilan himoyalangan.

Eksport va import shartnomalari bo‘yicha akkreditiv to‘lov turlarining afzalliklari shundan iboratki, u eksport qiluvchiga tovarlarni yetkazib berish paytida to‘lovlar va tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq xatarlardan kafolat beradi. Import qiluvchiga esa, o‘z navbatida  sotuvchi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq amalaga oshirgandan so‘nggina to‘lov qilishni kafolatlaydi.

Bank hamkorlar oldida moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va xavfsiz ravishda amalga oshirilishini ta'minlaydi. Kafolat biznes hamkorning to‘lov qobiliyatiga shubha bo‘lgan paytda zarur bo‘ladi. Sizning hamkoringizga majburiyatlarning bajarilishi borasida ishonch muhim sanaladi, buning uchun esa majburiyatlar ijrosi kafolati mavjud. Shuningdek bank tomonidan oldindan to‘lovni qaytarish kafolati ham beriladi, agar sizning hamkoringiz tomonidan oldindan qilingan to‘lov maqsadli sarf qilinayotganligiga shubha bo‘lsa. Tenderlarda qatnashish uchun ularning ishtiroki to‘g‘risida ariza va tender egasiga tender taklifida ko‘rsatilgan narxda ishni qabul qilish uchun yetarli moliyaviy mablag‘ingiz borligi to‘g‘risida kafolat talab qilinadi.

Bank kafolatini olish uchun korxona O‘zbekistonda bir yildan ortiq bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi, yillik moliyaviy hisoboti ijobiy bo‘lishi, moliyaviy yil natijalariga ko‘ra ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi va debitor qarzdorligi yo‘q bo‘lishi kerak. 

Bank kafolati muddati – 1 yilgacha (ochiq liniya shartlari asosida).


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.12.2020 16:40

JOYDA - mobil banking

Telefoningizdagi qulay ilovadan foydalangan holda kunlik to’lovlarni amalga oshiring