SQBda gender tenglik

Hayajonlanmasdan, ko‘pchilik oldida tortinmasdan va dadil so‘zga chiqishni qanday boshlash kerak?


21.10.2019 12:23

Hayajonlanmasdan, ko‘pchilik oldida tortinmasdan va dadil so‘zga chiqishni qanday boshlash kerak?

17 oktyabr' kuni, taniqli professional trener, notiqlik san'ati maktabi asoschisi Elshod Xafizov “SQB Ayollar klubi” uchun “Auditoriya oldida so‘zga chiqish san'ati” mavzusida trening o‘tkazdi.
“Omma oldida so‘zga chiqish?” nima o‘zi – shu savoldan E.Xafizov o‘z treningini boshladi. “Bu faqat maydon va stadionlar, televidenie yoki katta auditoriya oldida so‘zga chiqishmi? Yo‘q. Omma oldida so‘zga chiqish deganda, rahbariyatga murojaat, ish beruvchi bilan suhbat, do‘stlar orasida tug‘ilgan kun bilan tabriklash ham nazarda tutiladi. Shunday qilib, omma oldida so‘zga chiqish – bu tinglovchilar oldida ko‘rgazmali materiallarni muayyan maqsadda ko‘rsatib, ma'lum axborotni bayon etish hisoblanadi”.
Omma oldida muvaffaqiyatli so‘zga chiqishga ko‘p narsa bog‘liq – bu imzolangan shartnoma, yangi mijozlar, o‘z reytingi va jamiyatdagi e'tirof. Treningda omma oldida so‘zga chiqish davomida o‘zini qanday tutish kerakligi to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
·       So‘zga chiqish davomida butun auditoriya bilan doimiy nigoh asosida aloqani saqlab turing. Nigohingiz bilan butun zalni qamrab olishga harakat qiling.

·       Qisqa so‘z birikmalari bilan emas, balki jumlalardan foydalaning. Toki auditoriya sizning fikringizni tushunib yetsin.

·       Notiqlik san'ati nutq madaniyati va adabiy til me'yorlarini bilishni albatta qamrab oladi. Yetarlicha so‘z zaxirasi bo‘lmasa, so‘zga chiquvchi o‘z fikrini ifoda etishi qiyin bo‘ladi.
“Hayajonni qanday yengish mumkin? Auditoriya oldida so‘zga chiqish qo‘rquvini qanday bartaraf etish kerak?”, - degan asosiy savol murabbiyga berildi.
“Bankka ishga kelishdan avval, oliy ta'lim muassasasida siz bunga ko‘p yillar tayyorlangansiz. Bank ishini nazariy jihatdan o‘rgangansiz, professor-o‘qituvchilar darslariga qatnashgansiz, ko‘plab adabiyotlarni o‘qigansiz. Sizning ko‘p yillik tayyorgarligingiz Bankda muvaffaqiyatli ishlashingiz garovi bo‘lmoqda. Nima uchun endi auditoriya oldida so‘zga chiqish tayyorgarliksiz bo‘lishi kerak?
Mazkur sohada yetarlicha bilimlaringiz bo‘lmaganligi sababli sizda hayajon va qo‘rquv yuzaga kelmoqda. Sizlardan aksariyatingizda o‘rganish va tajribani talab etuvchi muayyan yangilik, boshqacha mahorat mavjud.
Omma oldida so‘zga chiqishning har qanday imkoniyatidan foydalaning. Agar sizga nutq so‘zlash taklif qilishayotgan bo‘lsa, hech qachon rad javobini bermang. Agar taklif etishmasa, o‘zingiz harakat qiling. Boshida unchalik yaxshi chiqmaydi, ammo tajriba oshgan sari hayajon kamayadi, natija esa yuqori bo‘ladi. Bu har qanday ko‘nikmani, masalan, sportda, chet tillarini o‘rganishda, san'atda rivojlantirish kabidir.

Darvoqe, xorijda omma taniydigan inson bu muvaffaqiyatli odam deb hisoblanadi. Aynan shuning uchun notiqlik san'atiga o‘rgatish bolalikdan boshlanadi va maktab dasturlari predmetining biri hisoblanadi.
Omma oldida so‘zga chiqish ko‘nikmasi, auditoriya e'tiborini o‘zingizga va o‘z chiqishingizga jalb qilishni bilish – bu har bir inson o‘rganishi lozim bo‘lgan buyuk san'at. Biz El'shod Xafizovga o‘tkazilgan trening, amaliy mashg‘ulotlar va notiqlik san'ati asoslarini o‘zlashtirishdagi yordami uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.





10/22/2024 10:20:04 am
O‘zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...

07/16/2024 09:31:42 am
O‘zsanoatqurilishbank lider ayollari uchun xalqaro ta’lim dasturi ish boshladi

Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins ...

02/13/2024 03:44:07 pm
“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...


Last updated date: 04.11.2021 10:56  
up