Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank Osiyo taraqqiyot banki mukofotiga sazovor bo‘ldi


10.09.2024 12:06

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Singapur shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning “Savdo va ta’minot zanjirini moliyalashtirish dasturi” bo‘yicha 10 yillik sarhisob tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zsanoatqurilishbank “Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yilning eng yaxshi loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

O‘zsanoatqurilishbank va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami keng. Bugungi kunda tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati qariyb 150 mln. dollarlik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida so‘nggi bir yilda OTB tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar va eng faol banklarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Unda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan OTB ko‘magida Italiyaning “Banca Popolare di Sondrio” bilan savdo va investitsiyaviy moliyalashtirish sohasida tuzilgan bitim dunyo bo‘yicha e’tiborga molik deb topilib, “Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yilning eng yaxshi loyihasi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Taqdirlash marosimida, shuningdek bankning O‘zbekistonda energiya samarador, “yashil” loyihalarni moliyalashtirishda yetakchi ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda dunyoning yetakchi banklaridan 200dan ziyod vakillar ishtirok etdi.

 

Bank Axborot xizmati





09/18/2024 12:08:51 pm
Atrof-muhitni asrash uchun: O‘zsanoatqurilishbankka EDGE sertifikati taqdim etildi

O‘zsanoatqurilishbank binosiga EDGE sertifikati taqdim etildi. Bunday sertifikatni O‘zbekiston tijorat banklari ...

09/17/2024 05:53:05 pm
Qurilish materiallari eksport geografiyasi tobora kengaymoqda

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida qurilish materiallari eksporti ...

09/13/2024 10:41:33 am
Fargʻonada elektrotexnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark qurilishi boshlandi

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Fargʻona shahridagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashga ...


Last updated date: 10.09.2024 12:22  
up