Bayram kunlaridagi SQB ish tartibi
28.12.2023
Hurmatli doʻstlar, SQB mijozlari!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, bayram kunlarida bankning ish tartibi haqida maʻlumot bermoqchimiz:
Bank ofislarida dam olish kunlari 2023-yil 30-dekabrda boshlanib, 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.
Bankning navbatchi ofislarida 2023-yil 30, 31-dekabr va 2024-yil 2-yanvar kunlari valyuta ayirboshlash operatsiyalari, kommunal xizmatlar va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish xizmatlari ko‘rsatiladi.
Bankning navbatchi shoxobchalari manzillari va ish tartibi bilan
bu yerda tanishishingiz mumkin.
Bankomatlar kechayu kunduz ishlaydi.
Aloqa markazining ish vaqti:
2023-yil 31-dekabr kuni – 20:00 gacha;
2024-yilning 1-yanvari – dam olish kuni;
2-yanvar kuni esa, odatdagidek 8:00 da ish boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, SWIFT tizimi orqali jismoniy shaxslar uchun so‘nggi to‘lovlar 2023-yilning 29-dekabr kuni amalga oshiriladi. “Zolotaya Korona”, CONTACT va AsiaExpress xalqaro o‘tkazmalari 29-dekabr kuni soat 15:00 da yopiladi.
Bank operatsiyalaringizni oldindan rejalashtiring va JOYDA mobil ilovasida barcha xizmatlardan har kuni 24/7 rejimida, shu jumladan, "Zolotaya Korona" xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish xizmatidan foydalanish mumkinligini ham unutmang.
Yangi yilni ko‘tarinki ruhda qarshi olib, 2024-yilni cheksiz kuch-quvvat bilan boshlashingizga tilakdoshmiz!
727