E'lonlar

Hurmatli mijozlar va hamkorlar!


18.01.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kriptoaktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3832-sonli qaroriga asosan joriy yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishi belgilangan.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, shuningdek, ichki nazorat qoidalariga muvofiq, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtmagan kriptoaktivlar bilan bogʻliq operatsiyalar, jumladan, xalqaro kartalar orqali amalga oshiriladigan shu turdagi operatsiyalarga cheklovlar joriy qilinganligini maʼlum qilamiz. 

Bank Axborot xizmati




Дата последнего обновления: 18.01.2023 15:40  
up