Все Кредиты
Hurmatli mijozlar.
Xorijiy valyutada pul mablag‘larini bank omonatlarida saqlamoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun Sarmoya nomli xorijiy valyutada muddatli omonati amaliyotga joriy qilinganligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Omonatning asosiy shartlari:
- bank ofislarida va JOYDA mobil ilovasi orqali joylashtirilgan mablarga yillik 7% stavkada;
- omonatning amal qilish muddati – 18 oy;
- omonat hisobvarag’ini ochish uchun minimal miqdor – 500 AQSh dollari;
- qo’shimcha mablag' kirim yoki qisman chiqim qilish ko’zda tutilmagan;
- JOYDA mobil ilovasi orqali omonaga mablag’lar AQSH dollaridagi bank kartalaridan va milliy valyutadagi bank kartalaridagi mablag’larni bankning amaldagi kursi bilan avtomat konversiya qilish yo’li bilan AQSH dollarida qabul qilinadi;
- saqlash muddatidan oldin talab qilib olinanda omonatga hisoblangan va to’lab berilmagan foizlar ham omonat qoldig’iga qo’shib to’lab beriladi.
Qo'shimcha ma'lumotlarni +99871 200 43 43 yoki 1180 telefon raqamlari orqali, shuningdek, SQB veb-saytidan olishingiz mumkin.