E'lonlar

O‘zbekistonda birinchi bo‘lib uzluksiz valyuta to‘lovlari Payments 24/7 onlayn xizmati ishga tushirildi


07.06.2024

Hurmatli mijozlar!

2024-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda tunu kun valyuta to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha birinchi onlayn-xizmati ishga tushirilishini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Endilikda SQBda xorijiy valyutada ochilgan hisob raqamiga ega bo‘lgan har bir bank mijozi kunning istalgan vaqtida xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Xizmat “SQB-Biznes” va “Bank-Mijoz”masofaviy xizmat ko’rsatish dasturi orqali mavjud bo'lib, samarali moliyaviy boshqaruv uchun tranzaktsiyalarni kechiktirmasdan tez qayta ishlashni ta'minlaydi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun +99871 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali bog'laning.



Дата последнего обновления: 19.06.2024 18:04  
up