Все Кредиты
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlariga muvofiq, ayrim Bank xizmatlari markazlari (BXM) hamda kassa shoxobchalarining past samaradorlik bilan faoliyat yuritayotganligi sababli faoliyati tugatilayotganligini maʼlum qilamiz.
Jumladan:
Jizzax mintaqaviy Bank xizmatlari ofisi (BXO) tarkibidagi Jizzax shahar, Sharof Rashidov koʻchasi, 4/4-uy (Davlat xizmatlari markazi binosi)dagi “Sangzor” BXM;
Fargʻona mintaqaviy BXO tarkibidagi Rishton tumani, “Farovonlik” MFY, Toʻqimachilik koʻchasi, “Hunarmandlar markazi”da joylashgan “Rishton” BXM;
Qashqadaryo mintaqaviy BXO tarkibidagi Kitob shahri, Ali Qoʻshchi MFY, “Katta yoʻl” (markaziy) koʻchasi, raqamsiz uydagi “Kitob” BXM;
Yashnobod BXMga qarashli Yunusobod tumani, Amir Temur nomli koʻcha, 107B-uy manzili (xalqaro biznes markazi binosi)dagi “Xalqaro hamkorlik markazi” BXM;
Amir Temur nomli BXM tarkibidagi Samarqand shahri, Ipak yoʻli koʻchasi 15-uyda joylashgan “Samarqandshahargaz” taʼminoti binosidagi 1-sonli chakana amaliyotlari kassasi;
Xorazm mintaqaviy BXO tarkibidagi Xorazm viloyati, Urganch shahri, “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasi, 62-uy (“Urganchshahargaz” filiali binosi)dagi 3-sonli hamda Urganch tumani, “Tinchlik” koʻchasi, 4a-uyda joylashgan “Urganchtumangaz” filiali binosidagi 5-sonli amaliyot kassalari.
Aloqa markazi: +99871-200-43-43; 1180