E'lonlar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilgan ko‘p qavatli binoning sotilishi to‘g‘risida e’lon


30.05.2024

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (keyingi oʻrinlarda – “Bank”) “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli binosini (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv” / “Biznes markaz”) ommaviy savdolar orqali sotilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.
Ushbu bitimga KPMG kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – “KPMG”) sotish jarayonini tashkil etish boʻyicha maslahatchi sifatida jalb qilingan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – “Davaktiv agentligi”) mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda Bank va KPMG xarakatlarini muvofiqlashtiradi.
Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida investorlarning ushbu aktivni sotib olishga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganiladi. Bozorda mazkur Biznes markazni sotib olishga bo‘lgan qiziqishini o‘rganish investorlar bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Investorlarning mazkur Biznes markazni sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli (shu jumladan binoni toʻliq sotib olish yoki lotlarga boʻlgan xolda sotib olish) boʻyicha fikrlarini oʻrganilish natijasida koʻra sotish yondashuvi (mexanizmi) va shartlari shakllantiriladi. 

Ushbu biznes markazlarni sotib olishga qiziqishi boʻlgan investorlar quyidagi kanallar orqali batafsil maʼlumotlarni olishlari mumkin:
SSandykbayeva@kpmg.com
MSarsekeyeva@kpmg.com
ZTokanov@kpmg.kz 
NShuxratov@kpmg.co.uz 

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning koʻp qavatli binosi
Obyekt manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 3a-uy
Balans saqlovchi: Oʻzsanoatqurilishbank;
Umumiy maydoni: 82,284 m2;
Qavatlarning umumiy soni: 33.

Diskleymer
Davaktiv agentligi va Bank sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, Bank va “KPMG” kompaniyasining Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi, Bank va “KPMG” oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:
(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish; 
(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Bank va “KPMG” kompaniyasi tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;
(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.




Дата последнего обновления: 30.05.2024 11:43  
up