Marokashga Western Union orqali pul oʻtkazmalari uchun komissiyaning vaqtinchalik oʻzgarishi toʻgʻrisida
15.09.2023
Hurmatli mijozlar.
Sizga shuni eslatib oʻtamizki, yaqinda Marokashda yuz bergan kuchli zilzila munosabati bilan 13-19-sentyabr kunlari Oʻzbekistondan Marokashga Western Union tizimi orqali naqd pul oʻtkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi, yaʼni 0%.
13-sentyabrdan 11-oktyabrgacha "Cash to account" xizmati ham komissiyasiz taqdim etiladi – 0%.
397