Все Кредиты
Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari va elektrotexnika sanoatida eksport geografiyasini kengaytirish hamda eksport hajmlarini oshirish maqsadida "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi bilan birgalikda Ozarbayjonning Baku shahrida "Oʻzbekiston savdo uyi" ochildi.
Ochilish marosimida Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi muxtor elchisi Baxrom Ashrafxonov va Ozarbayjon hukumati aʼzolari, Oʻzbekiston va Ozarbayjonning tarmoq korxonalari va qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Ushbu savdo uyi Oʻzbekiston mahsulotlarini Ozarbayjon orqali Yevropa bozorlariga kirib borishida yana bir qulaylik sifatida baholanmoqda.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...