Yangiliklar

Bank Kengashining navbatdagi yigʻilishi ilk bor chet ellik mustaqil aʼzolar ishtirokida oʻtkazildi


10.07.2020 20:21

Bank Kengashining navbatdagi yigʻilishi ilk bor chet ellik mustaqil aʼzolar ishtirokida oʻtkazildi

Shu yilning 8 iyul kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzsanoatqurilishbankda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bank Bosh ofisida boʻlib oʻtgan Kengash yigʻilishida ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan qator muhim masalalar muhokama etilib, ularning samarasi sarhisob qilindi.

Yigʻilishda dastlab Bank kengashi raisi va rais oʻrinbosari, Bank kengashi qoshidagi qoʻmitalar tarkibi saylandi, xorijiy mustaqil kuzatuvchilari aʼzolari tasdiqlandi, boshqaruv tizimining xalqaro standartlariga koʻra, kengash qoshida tashkil etilgan 5 ta qoʻmita tarkibi tayinlandi.

Taʼkidlash kerakki, Bankda korporativ boshqaruvni takomillashtirish jarayonida xalqaro amaliy tajribaga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Bank Kengashiga birinchi marta mustaqil aʼzolar ham kiritildi.

Eʼtiborlisi, mustaqil aʼzolarning aksariyati chet eldagi nufuzli moliya institutlarida ishlab, katta tajriba toʻplagan ekspertlardan iboratdir. Xususan, Yuliya Ayzup “Sberbank” OAJ raisi maslahatchisi (Rossiya), Kristof Aleksandr Xans-Yurgen fon Glyayx Global qurilish kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi (Qozogʻiston), Ferdinand Villem Tuinstra “Travel Union” kompaniyasi kuzatuv kengashi aʼzosi (Litva), Murat Yakubjanov “Grant Thornton Uzbekistan” xalqaro auditorlik kompaniyasi hamkori hisoblanadi.

Yigʻilishda mustaqil aʼzolarning Kengash tarkibiga kiritilishiga alohida eʼtibor qaratilib, bu Oʻzsanoatqurilishbankda Xalqaro moliya korporatsiyasining koʻmagida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Chet ellik aʼzolar Davlatimiz rahbarining joriy yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar Oʻzbekistonda davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning oʻzida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirishga xizmat qilishini alohida taʼkidladilar.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 29.07.2020 10:22  
up