Все Кредиты
Zamonaviy texnologiyalar yutuqlari kitobxonlikni rivojlantirishga ham munosib hissa qoʻshmoqda. Xodimlar oʻrtasida kitob mutoalaasini targʻib qilishga katta eʼtibor qaratilayotgan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida bu holat yaqqol namoyon boʻlmoqda.
– Joriy “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da Bankning barcha yoʻnalishlari qatori xodimlarni boshqarish tizimida ham ilgʻor texnologiyalardan keng foydalanilmoqda, – deydi Bankning Xodimlarni tanlash va baholash boʻyicha menejeri Hulkar Boliyeva. – Xususan, xodimlar dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy hamda biznesga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish, qolaversa, pandemiya sharoitida ularni boʻsh vaqtdan unumli foydalanishga jalb qilish maqsadida kitobxonlikni masofadan tanlov asosida targʻib qildik.
Karantin davrida bank xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish maqsadida eʼlon qilingan ilk kitob – Stiven Kovi qalamiga mansub “Muvaffaqiyatli insonlarning yetti koʻnikmasi” asari boʻldi.
Tanlov onlayn tarzda belgilangan vaqt davomida maxsus ishchi guruhi tomonidan oʻtkazildi. Unga koʻra “Eng yaxshi kitobxon xodim” va “Eng yaxshi kitobxon filial” nominatsiyalari doirasida gʻoliblar oliy hamda 1,2,3-oʻrinlar boʻyicha aniqlanib, ragʻbatlantirildi.
– Bankning ichki intrenet tarmogʻi orqali tavsiya qilib boriladigan kitoblarni katta qiziqish bilan oʻqib boraman, – deydi Tranzaksion banking departamenti direktori Temur Namozov. – S.Kovining asarini ham odatdagidek oʻz ishtiyoqim bilan oʻqib, tanlov gʻolibiga aylandim.
Tanlov qatnashchilari orasida eng faol bankning Samarqand mintaqaviy filiali xodimlari ishtirok etganligi bois “Eng yaxshi kitobxon filial” “bayrogʻi” mazkur filialga nasib etdi.
– Masofaviy kitobxonlik tanlovi davom etmoqda, – deydi Hulkar Boliyeva. – Bu gal xodimlar eʼtiboriga Jon Kingning bir gʻoya ostida birlashib, korportiv madaniyatni oshirish maqsadi ilgari surilgan “Lider va qabila” nomli asarini havola qildik.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...