Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan jurnalistlarni hududlarda ishga tushirilgan loyihalar bilan tanishtirish tadbirlari faol davom etmoqda. Joriy yilning 21-iyul kuni shu maqsadda Fargʻona shahridagi “FERGANA UNIFORM TEX” va “BESHBOLA BETON” korxonalariga press-tur uyushtirildi.
Davlatimiz rahbari iqtisodiy loyihalar ijtimoiy sohada ham natija keltirishi zarurligiga koʻp toʻxtaladi. Tadbirkorlarga koʻmak berib, faoliyatini kengaytirish va shu orqali mahallalarda aholi bandligini oshirib, kambagʻallikni qisqartirish zarurligini taʼkidlaydi.
Oʻzsanoatqurilishbankning Fargʻona viloyatidagi Bank xizmatlari ofisi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida 60ga yaqin loyiha ishga tushirildi. Ularga jami 95 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi. Buning hisobiga 1400dan ziyod ish oʻrni yaratildi.
“FERGANA UNIFORM TEX” masʼuliyati cheklangan jamiyati (MCHJ)ning “Maxsus ustki kiyimlar ishlab chiqarish” loyihasi shular sirasiga kiradi.
– Zamonaviy talablar va iqlim xususiyatlariga javob beradigan formali kiyim-boshlar va farqlovchi belgilarga talab doim yuqori, – deydi “FERGANA UNIFORM TEX” MCHJ rahbari Ixtiyor Qambarov. – Korxonamiz tomonidan yiliga 1 mln. 700 ming AQSH dollariga teng mahsulot ishlab chiqarilib, ular toʻliq eksportga yoʻnaltirilgan. Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan bizga doim moliyaviy koʻmak berib kelinmoqda. Oʻtgan yil bankdan aylanma mablagʻlarni toʻldirishga sarmoya olgan boʻlsak, joriy yil boshida muassasa kreditlari hisobiga texnologik uskunalarni modernizatsiya qilishga erishdik.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, 180ga yaqin ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Maxsus kiyimlarga xos maxsus xususiyatlar haqida maʼlumotga ega boʻldi.
Maʼlumki, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan soʻnggi yillarda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga masʼul muassasa sifatida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Xomashyo borasida hududlar salohiyatini oʻrganish, ixtisoslashtirilgan tuman va shaharlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarishda xorij tajribasi va texnologiyalarini oʻzlashtirish, shuningdek, tarmoqqa doir loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini oshirish shular jumlasidandir. Buning samarasida yildan-yilga qurilish materiallari ishlab chiqarish sifati va hajmi oshmoqda, importbop mahsulotlarni mahalliylashtirishga erishilmoqda.
Aytish joizki, Fargʻona shahridagi “BESH BOLA BETON” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil etilgan. Bugungi kunda betondan plitka va gazoblok mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Press-tur dasturiga koʻra, OAV vakillari ushbu korxonaga ham tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, korxona oʻtgan yil mart oyida ish boshlagan. Buning uchun bank tomonidan 1,5 mln. dollar xorijiy kredit liniya jalb qilinib, mazkur mablagʻga xorijdan ilgʻor texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan.
Bugungi kunda korxonada 150 ta ish oʻrni yaratilgan. Yiliga 20 ming kubometr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...