Все Кредиты
Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari, xususan, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida hududlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi va o‘rinbosarlari ishtirokida sayyor uchrashuvlar davom etmoqda. Quyida 15-16 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Bank rahbariyatining sayyor qabullar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
Boshqaruv Raisi – Voitov Aziz Botirovich
2019 yil 15 avgust, soat 11-00 da Sirdaryo viloyati Kasaba uyushmalari tashkiloti birlashmasi binosida. Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 60-uy.
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Abdurozzoqov Yashin Mamarajabovich
2019 yil 15 avgust, soat 14.00 da Kitob tumani hokimligi binosida. Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kitob shahri, Kattayo‘l ko‘chasi, 32-uy.
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Ergashev Anvar Abdumajitovich
2019 yil 16 avgust, soat 11.00 da “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Andijon mintaqaviy filiali binosida. Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 36-uy.
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Azimov Zafar Abdumajidovich
2019 yil 16 avgust, soat 14.00 da “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xorazm mintaqaviy filiali binosida. Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Anna German ko‘chasi, 22-uy.
Uchrashuvda bank Boshqaruv Raisi va o‘rinbosarlariga mavjud muammolar yoki masalalar bo‘yicha bevosita murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...