Bank rahbariyatining tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda
20.01.2020 10:24
Tadbirkorlar murojaatlari, muammolarini joyiga chiqib o’rganish O’zsanoatqurilishbank rahbariyatining doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. Navbatdagi ana shunday sayyor uchrashuvlar Bank Boshqaruv raisining o’rinbosari Yashin Abdurazzoqov tomonidan Farg’ona viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlar bilan bo’lib o’tdi.
Bank Boshqaruv raisi o’rinbosari Farg‘ona shahridagi “Uz-Segang” qo’shma korxonasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport logistika markazi, Farg’ona tumanidagi “Abdul Inoyat Azamat” korxonasiga qarashli qolipli non va non mahsulotlari sexi, Oltiariq tumanidagi “Agro Max Dolina” korxonasining parrandachilik klasterida bo’lib, tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida bank moliyaviy qo’llab-quvvatlovi ishlab chiqarish quvvatlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilayotgani qayd etildi. Xususan, “Uz-Segang” qo’shma korxonasiga ajratilgan 3,8 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyasi Janubiy koreyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport logistika markazi” loyihasining 1-bosqichi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ayni paytda O’zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida barcha hududlarida qolipli non ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha ham ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, “Abdul Inoyat Azamat” korxonasiga ajratilgan imtiyozli kredit evaziga qisqa fursatda Farg’ona tumanida yiliga 1 million dona qolipli non ishlab chiqarish quvvatiga ega sex ishga tushirildi.
Bank rahbariyatining hududlardagi sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.
Bank Axborot xizmati
587
Другие новости