Yangiliklar

Bank xodimlari Dubayda oʻtkazilgan roud-shouda qatnashdi


01.02.2022 11:24

Bank xodimlari Dubayda oʻtkazilgan roud-shouda qatnashdi

Joriy yilning 24-25-yanvar kunlari Oʻzsanoatqurilishbank vakillari Oʻzbekistonning yetakchi bank-moliya institutlari bir guruh mutaxassislari bilan birga “Mashreq Bank” (BAA) tomonidan Dubay shahrida oʻtkazilgan roud-shou (“Non-Deal Roadshow”) anjumanida ishtirok etdi.

2021-yil 26-noyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Ikkinchi Xalqaro moliya-bank forumi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank “Mashreq Bank” bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzolagan edi. Unda tomonlar oʻrtasida Oʻzbekiston bank-moliya sohasi vakillari uchun roud-shou (Non-Deal Roadshow) tashkil etishga kelishib olingandi.

Anjumanda koʻplab xalqaro banklar va investitsion kompaniyalar, jumladan Abu Dhabi Commercial Bank (BAA), National Bank of Ras Al-Khaimah (BAA), Dubayi Islamic Bank (BAA), Sharjah Islamic Bank (BAA), Pasha Bank (Ozarbayjon), Bank of Baroda (Hindiston), Banque Misr (Misr), Habib Bank (Pokiston), Bank of Jordan (Iordaniya), United Arab Bank, BBK (Bahrayn), Saudi National Bank (Saudiya Arabistoni), Commercial Bank of Qatar (Qatar), Doha Bank (Qatar), ICBC (Xitoy), State Bank of India (Hindiston) va Banque du Caire (Misr) vakillari qatnashdi.  

Bundan tashqari, tadbir doirasida Yaqin Sharq bank sektori vakillari, portfel boʻyicha investorlari, investitsion va boshqaruvchi kompaniyalar bilan manfaatli bitimlar imzolash imkoniyatini yaratish maqsadida yakka tartibdagi uchrashuvlar ham oʻtkazildi. 

Shuningdek, Bank xodimlari “Mashreq Bank”ning filial tarmoqlari mijozlari va xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Taʼkidlash joiz, transformatsiya jarayonida Oʻzsanoatqurilishbankni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri – bu xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish borasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda turli yoʻnalishlarda hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdan iboratdir. 

Maʼlumot uchun: “Mashreq Bank” – BAAning eng ilgʻor banklaridan biri hisoblanadi. U Yaqin Sharqdagi taʼsiri kuchayib borayotgan yetakchi moliyaviy muassasa boʻlib, Yevropa, Osiyo, Afrika va AQSHda oʻz ofislariga ega. 1967-yilda Dubay shahrida tashkil topgan mazkur bank Yaqin Sharq kapital bozorida sindikativ zayomlar va amaliyotlarning yetuk tashkilotchilaridan biri boʻlish barobarida, mintaqada eng muhim investitsion bank amaliyotlarini ham bajaradi. 

Road-shou – bu mintaqa va/yoki mamlakatlar boʻylab sayohat boʻlib, unda tadbirkorlar investorlar va yirik mijozlar bilan shaxsiy uchrashuvlar oʻtkazadilar.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 01.02.2022 11:27  
up