Все Кредиты
2021 yil 22 yanvar kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Bosh ofisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Davron Muitov ishtirok etdi.
Shu kunlarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin muhokama etilmoqda. Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi, tarkibiy tuzilmalar rahbarlari hamda xodimlari oʻrtasida ham Murojaatnomada 2021 yilga moʻljallangan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar atroflicha oʻrganilmoqda.
Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti D.Muitov Prezidentimiz Murojaatnomalarida maqsad va vazifalar mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarda dasturilamal boʻlib xizmat qilayotganini qayd etdi. Taʼkidlanganidek, Murojaatnomalarda qaysi yoʻnalish boʻlmasin, xoh u ichki yoki tashqi siyosat, xoh ijtimoiy-iqtisodiy masala, xoh huquq va maʼnaviyat – bularning barchasida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalq farovonligini oshirishdek maqsadlar aks etadi.
Joriy Murojaatnomada ham iqtisodiy vazifalar yurtimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgani fikrimizga dalil boʻla oladi. Hujjatda ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy oʻsish hisobiga erishilishi qayd etildi.
Murojaatnomada iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish jadallashtirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon bank” hamda “Qishloq qurilish bank” xususiylashtirishga tayyorlanishi, kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga toʻliq sotilishi maʼlum qilindi.
Qayd etish lozimki, Oʻzsanoatqurilishbankda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonlari amalga oshirilib, zamonaviy bank tamoyillarini tatbiq etish ustida faol ish olib borilmoqda. Xususan, 2021 yilda Bankda Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan bank faoliyatini transformatsiya qilish ishlarining 3-bosqichi amalga oshiriladi. “Change management” tizimi asosida transformatsiya jarayonlarida xodimlar ishtiroki doimiy ravishda faollashtiriladi. Universal xodimlarni shakllantirish orqali mijozbay ishlash tizimiga oʻtiladi.
Mulohaza va savol-javoblarga boy boʻlgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid amaliy bilimlarini yanada mustahkamlashga erishdi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...