Все Кредиты
Joriy yilning 3-5-may kunlari bir guruh bank xodimlarining Samarqandga tashrifi uyushtirildi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida bank xodimlari uchun yurtimiz shaharlari bo‘ylab sayohatlar muntazam tashkil qilinmoqda. Avvalroq bankning buxgalteriya hamda yuridik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar mamlakatimizning qadimiy shaharlariga sayohat qilgan bo‘lsa, bu gal kreditlash tuzilmalari mutaxassislari Samarqanddagi qadimiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.
Dastlabki manzil Xo‘ja Doniyor maqbarasi bo‘ldi. Bu yerda ajdodlar ruhiga Qur’on tilovat qilingach, Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurilib, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilindi.
Sayohatning ikkinchi kunida Mahdumi A’zam hamda Imom Buxoriy maqbaralari ziyorat qilindi. Bank xodimlari Imom Buxoriy yodgorlik majmuasidagi muzey va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Kreditlash yo‘nalishi mutaxassislari Shohi zinda ziyoratgohi, Go‘ri amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydonidagi “Sherdor”, “Tillakori” hamda “Ulug‘bek” madrasalari kabi ulug‘ allomalar nomlari bilan bog‘liq qator muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalarni tomosha qildi.
An’anaga muvofiq, sayohatdan so‘ng xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan seminar ham o‘tkazildi. Unda bank kreditlash tizimidagi yangi mexanizmlar, IT-infratuzilmasidagi yangiliklar hamda xorijiy kredit liniyalarni o‘zlashtirishdagi tartib-tamoyillar kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...