Все Кредиты
Qimmatli qogʻozlar? – yuqori riskka ega.
Qayta sotish uchun tovar xarid qilish? – uzoq va mashaqqatli.
Valyuta yoki qimmatbaho metallar sotib olish? – kurs farqida yoʻqotishlar xavfi mavjud.
Koʻp hollarda, tadbirkorlarning hisob raqamlarida aylanmadan boʻsh bo’lgan mablagʻlar mavjud boʻladi. Bunday vaqtinchalik resurslarni bank depozitiga joylashtirish, ehtimol, pul ishlashning eng xavfsiz va kafolatlangan usuli hisoblanadi.
Biroq, depozitga joylashtirilgan mablagʻlardan uzoq muddat foydalana olmaslik (6-12 oy) fikri tadbirkorlarni toʻxtatib qoladi, chunki, mablagʻlarni o’z biznesida aylantirish koʻproq va tezroq daromad olib kelinishi mumkin.
Shuning uchun biz maxsus qisqa muddatli depozitni yaratdik, unga koʻra xattoki 10 kunga joylashtirilgan mablag’larga ham foizlar hisoblanadi.
Agar sizning biznesingizda boʻsh mablagʻlar paydo boʻlsa va siz ularni yaqin kunlarda sarflashni reja qilmagan boʻlsangiz, “O‘zsanoatqurilishbank”da “Onlayn” depozitini ochish toʻgʻri qaror boʻladi. Bu 10 kunga joylashtirilgan pullardan kafolatlangan qoʻshimcha daromad olish imkonini beradi.
Foiz stavkasi yillik 10% tashkil etadi. Depozinti qayta-qayta cheklanmagan miqdorda ochish mumkin. Bu esa, boʻsh mablagʻlarni vaqtincha investitsiya qilqan holda yana bir daromad olish usuli hisoblanadi.
“Onlayn” depoziti nimasi bilan qulay va jozibador: rasmiylashtirish bir nechta daqiqani talab etadi; foizlar tezkorlik bilan toʻlab beriladi; tushumlar va chiqimlar onlayn kuzatib boriladi.
Depozitni “SQB Business” internet bankida ochish mumkin. Agarda siz Oʻzsanoatqurilishbank mijozi boʻlmasangiz, eng yaqin bank ofisida birlamchi yoki ikkilamchi hisob raqam ochib, “SQB Business” tizimini ulashingiz kifoya.
Depozit milliy valyutada 10 mln.dan 100 mln.gacha boʻlgan miqdorda qabul qilinadi. Depozitning maksimal muddati - 370 kun. Mablaglarning xavfsizligi depozitlarni kafolatlash davlat tizimi tomonidan kafolatlanadi.
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...