Все Кредиты
“O‘zsanoatqurilishbank” tizimida chiqarilgan “Visa” xalqaro to‘lov kartalarining barcha foydalanuvchilari uchun “AktiVISAtsiya” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiyada ishtirok etish shartlari juda ham oddiy:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uzoq xorij mamlakatlarida POS va E-POS terminallari orqali oʻz VISA kartangizdan umumiy summasi 100 000 (yuz ming) soʻmdan boshlanadigan uchtadan kam boʻlmagan xaridni amalga oshirish zarur.
“AktiVISAtsiya” uch bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich – 2022-yilning 15-dekabridan 2023-yilning 31-yanvarigacha.
2- bosqich – 2023-yilning 1-fevralidan 28-fevraligacha.
3- bosqich – 2023-yilning 1 – 31-mart kunlari.
Har bir bosqich yakunlangandan soʻng keyingi oyning 5-sanasida Instagram ijtimoiy tarmogʻida bevosita jonli efir vaqtida tasodifiy sonlar generatori yordamida 12 ta sovrin uchun yutuqli oʻyin oʻtkaziladi.
Butun aksiya (uch bosqich) natijalariga ko‘ra 36 nafar g‘olib aniqlanadi.
G'oliblar uchun sovrinlar:
Apple iPhone 14 PRO/128 GB (12 dona),
MacBook noutbuki (12 dona),
Elektrosamokat (12 dona).
Aksiyada quyidagi operatsiyalar hisobga olinmaydi:
– kartadan kartaga pul oʻtkazmalari;
– bankomatlardan naqd pul yechish;
– bank xizmatchilari kartalaridan amalga oshirilgan operatsiyalar.
Eslatma:
Har bir ishtirokchi faqat BIR MARTA aksiya gʻolibiga aylanishi mumkin. Bitta ishtirokchining yutuqli oʻyindagi takroriy gʻalabasi inobatga olinmaydi va oʻyin takroran oʻtkaziladi.
Agar bankning gʻolib mijozi bilan bogʻlanish (uni topish) imkoni boʻlmasa, uning sovrini qolgan barcha ishtirokchilar oʻrtasida 2023-yilning 5-aprelida takroran oʻynaladi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...