Yangiliklar

Ehtiyot boʻling! Internetdagi firibgarlik.


25.01.2021 16:33

Hurmatli mijozlar, doʻstlar! Soʻnggi paytlarda internet orqali oldi-sotdi qilinadigan saytlarda firibgarlik holatlari koʻpayib bormoqda. Firibgarlar aldov yoʻli bilan sotuvchi va xaridorlar kartalaridan pul mablagʻlarini yechib olmoqdalar.
Ularning aldoviga tushib qolmaslik uchun ularning qanday ishlashini bilish, ziyraklikni yoʻqotmay, oddiygina qoidalarga amal qilish kifoya:

Tasdiqlash kodini xech kimga eʼlon qilmang! Hech qachon, hech kimga SMS xabar orqali telefoningizga kelgan kartangiz boʻyicha operatsiyalarni tasdiqlovchi kodni maʼlum qilmang. Ushbu kodni bilgan firibgarlar, bir necha daqiqa davomida kartangizdagi bor pulni yechib oladilar.

Kartangiz rasmini joʻnatmang! Pulni olish uchun xaridorga kartangizdagi 16 raqamli sonni bilishi kifoya, kartaning amal qilish muddatini berkitish zarur.

Oʻzini bank xodimi deb tanishtirayotgan insonlarga ishonmang! Agar sizga bank xodimi qo'ngʻiroq qilsa, uning raqami sizning telefoningizda namoyon boʻladi. Agar raqam berkitilgan yoki bankning norasmiy telefon raqami boʻlsa (banklarning telefon raqamlari doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda va saytlarda eʼlon qilinadi) - hech qachon oʻzingizning shaxsiy maʼlumotlaringiz va kartangiz maʼlumotlarini aytmang.

Ushbu xabar bilan boʻlishing, oʻzingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan himoya qiling




Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 25.01.2021 16:53  
up