Yangiliklar

Ehtiyot boʻling! Internetdagi firibgarlik


15.03.2022 14:04

Qadrli do‘stlar, pullaringizni qo‘lga kiritish maqsadida firibgarlar ishlatadigan hiylalarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.

SQB nomidan pul mukofotlari bo‘lgan sovrinli o‘yin e'lon qilishadi. Tanlov shartlariga ko'ra, ular avval sizdan maxsus guruhga ishtirokchi qo‘shishni, keyin esa pul mukofotini o‘tkazish uchun ularga plastik kartangizga aloqador ma'lumotlarni aytishni so‘rashadi. Tabiiyki, siz nafaqat hech narsa olmaysiz, balki kartangizdagi barcha mablag‘larni ham yo‘qotishingiz mumkin.

Sizga bank yoki to‘lov tashkiloti nomidan qo‘ng‘iroq qilib, kartangizdan pul yechib olishga urinish bo‘lgani haqida xabar berishadi. Ba'zan bu "afsona" o‘zgaradi, lekin natija bir xil - sizdan pullaringizni yechib olish imkonini beradigan maxfiy ma'lumotlarni aytishni so‘rashadi. ⠀

Bu nayranglarga aldanmang!

Bank kartalari ulangan telefon raqamingizga kelgan SMS-kodni, shuningdek, banklar, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish uchun login va parollarni hech kimga aytmang.

SQB barcha aksiyalar va tanlovlar haqida faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va bank saytida e'lon qiladi.

Hushyorlikni yo‘qotmang va ushbu ma'lumotlarni do‘stlaringiz bilan ham bo‘lishing!





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 15.03.2022 14:05  
up