Yangiliklar

Esdalik tangalari yana o'z qadrini topadi


26.11.2018 18:24

Esdalik tangalari yana o'z qadrini topadi

Aholining investitsiya va jamg'arish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamda jahon tajribasi va amaliyotidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo'yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.
Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo'yilgan bo'lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og'irligi 31,1 grammdan1 iborat.
Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo'yilgan. Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin (jumladan, “Sanoat qurilish bank”ning Yashnobod (Toshkent shahri), Samarqand va Sirdaryo mintaqaviy filiallarida).





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up