Filiallar xodimlari sayyor seminarda
12.08.2019 19:30
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB filiallaridagi Ajratilgan kreditlarni monitoring qilish bo‘limlari xodimlari uchun “Banklarda monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida sayyor seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda professional trenerlar hamda Kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash departamentining rahbar va xodimlari tomonidan tinglovchilar uchun kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash mavzularida trening mashg‘ulotlari o‘tildi.
Shuningdek, faol va o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan xodimlar Bank Boshqaruvining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
457
Другие новости