Yangiliklar

“Fitch Ratings” Oʻzsanoatqurilishbankning «BB-» reyting darajasini «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi


24.05.2021 10:03

“Fitch Ratings” Oʻzsanoatqurilishbankning «BB-» reyting darajasini «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi

Joriy yilning 17-may kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzsanoatqurilishbankning emitent defoltiga oid uzoq muddatli reytingini (EDR) «BB-» darajasida qayta tasdiqladi. Reyting boʻyicha prognoz  – «Barqaror». Agentlik Bankning barqarorlik reytingini ham «b» darajada tasdiqladi. Reyting harakatlarining toʻliq roʻyxati quyida keltirilgan: 
EDRning asosiy reyting omillari, qoʻllab-quvvatlash reytingi, uzoq muddatli EDRni qoʻllab-quvvatlash darajasi va qarz reytingi  
Oʻzsanoatqurilishbank EDRning tasdiqlanishi “Fitch Ratings”ning zarurat boʻlganda Oʻzbekiston hukumati tomonidan («VV-» /«Barqaror» prognozi) qoʻllab-quvvatlashning oʻrtacha ehtimolligi haqidagi fikrini aks etadi.Buni «3» qoʻllab-quvvatlash reytingi va «BB-» uzoq muddatli EDR qoʻllab-quvvatlash darajasi tasdiqlaydi. Bunday fikr majoritar davlat mulkining salmoqli tizimli ahamiyatini (Oʻzsanoatqurilishbank tarmoqda 2021-yil 1 chorak yakuni boʻyicha 13 foiz aktivlar ulushi bilan Oʻzbekistondagi ikkinchi yirik bank hisoblanadi), davlatning xalqaro zahiralariga nisbatan salohiyatli qoʻllab-quvvatlashning past narxini hamda kapital va likvidlilik bilan qoʻllab-quvvatlash tarixini hisobga oladi. 
2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasiga muvofiq, Oʻzsanoatqurilishbank oʻrta muddatli istiqbolda xususiylashtirilishi lozim boʻlgan banklar roʻyxatiga kiradi. Hukumat maʼlumotlariga qaraganda, bank 2021-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasidan 75 mln. AQSh doll. miqdorida kredit oladi. Bank biznes modelining transformatsiya qilinishi yakunlanganidan soʻng mazkur kredit bankda minoritar ulushga konvertatsiya qilinadi. Nazorat ulushini strategik investorga sotish 2023-yil oxiriga rejalashtirilgan. Bankning oʻrta muddatli strategiyasi direktiv kreditlashdan qochgan holda tijorat biznes modelini, kichik va oʻrta biznes hamda chakana kreditlash segmentini rivojlantirish nuqtayi nazaridan yaratishga qaratilgan. 
Bank xususiylashtirishga tayyorlanayotganligiga qaramasdan, “Fitch Ratings” hamon davlat tomonidan salohiyatli qoʻllab-quvvatlashni eʼtiborga olmoqda. Birinchidan (i) reyting agentligi kutishlariga koʻra, davlat banklarga ular davlatning majoritar mulkida boʻlganligi sababli davlat mulkida qoʻllab-quvvatlashni taqdim etishni davom ettiradi; ikkinchidan (ii), “Fitch Ratings”ning bazaviy ssenariysi doirasida nazoratni oʻzgartirish soʻnggi ikki yil davomida yuz bermaydi va biznes modelni muvaffaqiyatli transformatsiya qilishga bogʻliq boʻladi; uchinchidan (iii), Oʻzsanoatqurilishbank salmoqli tizimli ahamiyatga ega va iqtisodiyotning strategik muhim tarmoqlarini (neft va gaz, energetika va kimyo) moliyalashtirishni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, bankning muayyan xaridoriga va uning bankka davlatga nisbatan qoʻllab-quvvatlashni taqdim etish qobiliyatiga oid nomaʼlumlik mavjud. 
Hukumatning bank sektorini qoʻllab-quvvatlashi bank sohasining umumiy iqtisodiyot hajmidagi nisbatan maqbul miqdoriga (2020-yil oxiriga jami aktivlar YAIMga nisbatan 63 foizni tashkil etgan) va yirik xalqaro zahiralarga (2020-yil oxiriga 35 mlrd. doll.) asoslanadi. Shu bilan birga, qoʻllab-quvvatlashni taqdim etish qobiliyatini baholashda bank sektorida yuqori konsentratsiya darajasi (2021-yil 1 choragi oxiriga bank tizimi aktivlarining 85 foizi davlat ulushi boʻlgan banklarga toʻgʻri kelgan), kreditlarning yuqori dollarlashuvi (2021-yil 1 chorak oxiriga 50 foiz), bank sektorida tashqi fondlashtirishning yuqori ulushi va volatil operatsion muhit sharoitida tashqi taʼsirlarga nisbatan zaiflik ham hisobga olinadi. Chunki davlat moliyaviy mablagʻlari xom ashyo tovarlar eksportiga va chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining pul oʻtkazmalariga bogʻliq. 
Oʻzsanoatqurilishbank reytinglari boʻyicha «Barqaror»lik suveren reyting boʻyicha shunday prognozni aks ettiradi. 
Oʻzsanoatqurilishbankning ustuvor taʼminlanmagan qarzi reytingi uning uzoq muddatli EDR bilan bitta darajada turadi.
Kelgusida reytinglarga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan omillar  
Alohida yoki birgalikda ijobiy reyting harakati/reytinglar oshirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar: 
– Bankning EDR suveren EDRlar oshirilgan holda oshirilishi mumkin. 
– Barqarorlik reytingi Oʻzbekistonda operatsion muhit yaxshilanishi va bankning tijorat biznes-modeliga oʻtishi jarayonini aktivlar sifati hamda kapitallashuvni maqbul darajada saqlagani va daromadlilikni yaxshilagani holda muvaffaqiyatli tugatishi natijasida yuksalishi mumkin. 
Alohida yoki birgalikda salbiy reyting harakati/reytinglar tushishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar: 
– Bankning EDR qoʻllab-quvvatlashi Oʻzbekistonning EDR pasayishi oqibatida pasayishi mumkin. 
– Reytinglar Oʻzsanoatqurilishbankdagi nazorat ulushi suveren reytingga nisbatan pastroq reytingli yoki reytingsiz strategik investorga sotilishi oqibatida ham pasayishi mumkin. Shu bilan birga agentlik taxminlariga koʻra, bankning EDR xususiylashtirilgandan keyin ham salohiyatli qoʻllab-quvvatlashni hisobga oladi va shu sababli bankning maqbul tizimli ahamiyatini eʼtiborga olgan holda suveren reytingdan bir pogʻona past turadi. 
– Oʻzsanoatqurilishbankning ustuvor taʼminlanmagan qarz reytingi, ehtimol, uning uzoq muddatli EDR bilan bir darajada qoladi. 
– Bankning barqarorlik reytingi bank aktivlari sifati keskin yomonlashuvi natijasida ham pasayishi mumkin, bu ziyonli koʻrsatkichlardan ham dalolat beradi. Natijada esa bankning kapital zahirasini minimal regulyativ darajalarning 100 b.p dan kamigacha qisqartiradi. Shu bilan birga, ushbu ssenariy ayni vaqtda “Fitch Ratings” tomonidan ehtimoldan uzoq deb koʻrilmoqda.

https://www.uzdaily.uz/ru/post/60960

Bank axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 24.05.2021 10:10  
up