Yangiliklar

Germaniya standartlarida gazobeton ishlab chiqariladi


03.05.2023 16:51

Joriy yilning 3-may kuni Berlin shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Germaniya biznes forumida “East mining invest” va “Wehrhahn Gmbh” kompaniyalari oʻrtasida mamlakatimizda avtoklav usulida gazobeton ishlab chiqaruvchi yangi zavodlarni ishga tushirish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Joriy yilning 2-4-may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoevning Germaniyaga tashrifi doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari hamkorligini kengaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston-Germaniya biznes forumi tashkil etildi.

Biznes forumda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va texnologik sheriklikni kengaytirish boʻyicha qator yangi savdo, moliya va investitsiya bitimlari imzolandi.

Jumladan, “Arton” brendi ostida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “East mining invest” korxonasi masʼullari ham Germaniyaning yetakchi “Wehrhahn Gmbh” kompaniyasi vakillari bilan oʻzaro muzokaralar olib borib, natijada avtoklav usulida gazobeton ishlab chiqaruvchi yangi zavodlarni ishga tushirish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Hujjatga koʻra, joriy yil soʻngiga qadar Germaniyadan ishlab chiqarish liniyalari yetkazib beriladi. Zavodlar Urganch va Andijon shaharlarida faoliyat yuritadi. Ularni ishga tushirish 2024-yil oxiriga moʻljallangan.

Shuningdek, tomonlar 2024-2025-yillarda Navoiy hamda Termiz shaharlarida ham yana ikkita zavod barpo etish yuzasidan qiymati 75 mln. yevroga teng memorandum ham imzoladilar. Unga binoan ushbu hududlardagi ishlab chiqarish korxonalariga ham Germaniya texnologik liniyalari keltirib oʻrnatiladi.

Andijon shahridagi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 600 ming metr kubni, Urganchdagi quvvat esa, 300 ming metr kubni tashkil etadi.

Navoiy shahrida ishga tushiriladigan korxona loyihasida fibrotsement panellari ishlab chiqarish ham koʻzda tutilgan.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 24.05.2023 16:52  
up