Yangiliklar

GGGI va SQB: yashil investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


26.12.2022 18:38

Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Global yashil oʻsish instituti (The Global Green Growth Institute – GGGI)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Aaron Rassel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqot davomida tomonlar oʻrtasida Oʻzbekistonga yashil investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, institut faoliyati, Bank bilan hamkorlikdagi loyihalar hamda kelgusi rejalar haqida soʻz yuritildi. Bunda asosiy eʼtiborni yashil investitsiyalar uchun qulay sharoit yaratishga, investitsiyalarni qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, chiqindilarni boshqarish va yashil binolarni barpo etish kabi iqlim oʻzgarishiga bardosh bera oladigan loyihalarga jalb qilishga qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Ushbu saʼy-harakatlar BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi – “Parij bitimi” (2015-yil 12-dekabr), 2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot hamda 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyalarida koʻzda tutilgan maqsad va ustuvorliklarga mos boʻlishi qayd etildi.

Muzokaralar davomida Nukus, Termiz kabi shaharlarda ijtimoiy yoʻnaltirilgan investitsiyalash ishlarini amalga oshirish zarurligi ilgari surildi. Bunda ushbu hududlarda infratuzilma rivojlanadi, yangi ish oʻrinlari yaratiladi, aholi daromadi oshadi.

Maʼlumot uchun. Global yashil oʻsish instituti (The Global Green Growth Institute – GGGI) – bu xalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, bosh ofisi Seul shahrida (Janubiy Koreya) joylashgan. Mazkur tashkilot 2012-yil 20-iyun kuni Rio-de-Janeyroda (Braziliya) BMTning Barqaror rivojlanish boʻyicha konferensiyasi doirasida taʼsis etilgan.

Tashkilotning maqsadi – iqlim oʻzgarishi sharoitlarida taraqqiy etgan hamda bozor iqtisodiyotini tanlagan mamlakatlarda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻli orqali barqaror iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish hisoblanadi.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 26.12.2022 18:40  
up