Все Кредиты
Dunyoning eng nufuzli matbuot nashrlaridan biri – Euromoney jurnalining maxsus ilovasi – Global Markets’da O‘zsanoatqurilishbankning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida maxsus maqola chop etildi.
Ma’lumki, bir yildan buyon O‘zsanoatqurilishbankda moliya muassasasini jahon andozalari darajasiga olib chiqish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Garchi ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da boshlangan ishlar samarasi bugundanoq o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Xususan, bank ustav kapitali 2019-yilning 1-yanvariga kelib 2018-yilga nisbatan 29 foizga o‘sib, 225,1 million dollarni, aktivlar 27 foizga oshib, 3,67 milliard dollarni tashkil etdi. E’tiborlisi, bank aktivlarining 90 foizi kredit qo‘yilmalaridan iborat.
Bank mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda faolligini saqlab qolmoqda. Bu o‘rinda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiyalash, Angren issiqlik energiya stantsiyasini kengaytirish, Samarqand-Buxoro temir yo‘lini elektrlashtirish singari loyihalarni eslab o‘tish kifoya.
Maqolada, shuningdek, bank tomonidan xorijiy aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani nafaqat bank mijozlari uchun chet el investitsiyalariga keng yo‘l ochishga, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar bilan hamohang bo‘layotgani qayd etiladi. Chunonchi, 2018-yil dekabrida respublikaning ilk bor suveren reytingga ega bo‘lishi ortidan Fitch, Standard & Poor's agentliklari tomonidan O‘zsanoatqurilishbank reytingi ham oshirildi.
Qolaversa, “bank ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, korporativ ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda” deyiladi materialda. Xususan, bank chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarga o‘z biznesini tashkil qilishda ko‘makdosh bo‘lmoqda. Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bankni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq Green banking moliya muassasasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Global Markets’ning O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) boshqaruvchilar kengashining shu yilning 8-9-may kunlari Sarayevo shahrida (Bosniya va Gertsegovina) bo‘lib o‘tgan 28-yillik yig‘ilishi munosabati bilan chop etilgan. Bu esa mamlakatimiz, shu jumladan, O‘zsanoatqurilishbankni xorijda yanada kengroq tanitish, chet ellik investorlarning bankka bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil bo‘ladi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...