Yangiliklar

Hamkorlikdagi yangi loyihalar muhokama qilindi


16.07.2024 17:53

O‘zsanoatqurilishbank va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari o‘rtasida qurilish materiallarining sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Koreya namunasi” asosida zamonaviy laboratoriya majmuasini tashkil etish loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga mas’ul muassasa sifatida soha korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tarmoqqa ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, loyihalarni moliyalashtirish va eksport amaliyotlarini barqarorlatirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda bank tomonidan qurilish materiallari sohasi rivojini ilm-fan va tadqiqotlar asosida jadallashtirish, tarmoqqa qo‘shimcha impuls berish maqsadida “Koreya namunasi” asosida zamonaviy laboratoriya majmuasini tashkil etish ishlari boshlangan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Shaxzod Yusupov hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ishtirokidagi uchrashuvda qurilish materiallarining sifati va xavfsizlik ko‘rsatikchilarini to‘liq qamrab oladigan sinov laboratoriyasini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda tomonlar istiqboldagi rejalari yuzasidan fikr almashdi.

Shundan so‘ng mas’ullar O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi qurilish va qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlari sinov laboratoriyasida bo‘lib, u yerdagi sinov uskunalari va ish jarayonlari bilan tanishdi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan yangi sinov majmuasi binosini ko‘zdan kechirib, hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida o‘n turdagi xom ashyolar, o‘ttiz turdagi qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirishning kompleks tizimi yaratilib, sifat infratuzilmasi rivojlantiriladi, ekspertlar salohiyati oshiriladi.

Shuningdek, 180 nomdagi sinov uskunalari va jihozlari o‘rnatilishi natijasida qurilish materiallarining 200 turdan ortiq sifat xossalari kompleks tarzda tekshiriladi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

14.06.2025 13:22:10
“Investorlar kuni”: SQB va global sarmoyadorlar muloqoti

Joriy yilning 11-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) bosh ofisida “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi. IV Toshken ...

13.06.2025 21:05:26
SQB’ning ijtimoiy tashabbusi: “Loyliq”da sportga yo‘l ochildi

Mamlakatimizda “mahallabay” ishlash tizimi nafaqat iqtisodiy barqaror ...

13.06.2025 21:01:28
SQB’ning Sirdaryo bank xizmatlari ofisida “Milliy liboslar kuni”

Bugun O‘zsanoatqurilishbankning Sirdaryo bank xizmatlari ofisida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlan ...


Дата последнего обновления: 16.07.2024 17:54  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo