Все Кредиты
Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishda masʼul idora va muassasalar vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegasiyasi Italiya davlatida boʻlib, Italiya keramika ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi, savdo va eksport-kredit agentliklari, “Italiya-Oʻzbekiston” palatasi hamda qator yetakchi kompaniyalar mutasaddilari bilan amaliy uchrashuvlar oʻtkazdi. Tashrif doirasida manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida mahalliy sanoatni rivojlantirishda har bir yoʻnalishda yetakchi davlatlar tajribasini oʻzlashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, keramika plitalar, sanitar-texnik buyumlar hamda chinni idishlar ishlab chiqarishni Yevropa standartlariga muvofiqlashtirish boʻyicha alohida topshiriqlar berilgan.
Shu maqsadda Italiyada boʻlgan delegatsiya aʼzolari mazkur sohaga aloqador oʻnga yaqin tashkilot va muassasalar hamda yirik ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazdi.
“Azzurra Ceramica” sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish kompaniyasi, “Arcucci Ceramica” keramika va sopol idishlar ishlab chiqarish korxonasi, “Senini” turli bloklar, qoplamalar va yoʻlak plitalari ishlab chiqarish kompaniyasi hamda “SIVER S.R.L.” distribyutorlik kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar natijasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar imzolandi.
Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda “Confindustria Ceramica” – keramik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi, “ICE” – Italiya savdo agentligi, “Sisayi” hamda “Imagro Group” injiniring-konsalting xizmatlari kompaniyalari bilan sherikchilik munosabatlari oʻrnatildi.
Italiya – Oʻzbekiston savdo palatasi, Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengash hamda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi oʻrtasida keramika mahsulotlari sanoatida hamkorlikni tashkil etish boʻyicha imzolangan hujjatda sohani yangi bosqichga olib chiqadigan loyihalarni amalga oshirish, mahsulotlar sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, mutaxassislar tayyorlash, texnologlarni jalb qilish hamda koʻrgazmalarda ishtirok etish orqali Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni dunyo bozorida tanitish masalalari ilgari surildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...