Все Кредиты
Bugungi kunda Oʻzsanoatqurilishbankning JOYDA marketpleysi orqali taklif qilinayotgan mahsulot va xizmat turlari 10 mingdan oshdi. Ishlab chiqaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi va savdo tashkilotlari (merchantlar) bilan hamkorlik koʻlami qariyb ikki yuzga yetdi. Ilova asosida koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turi 17 tani tashkil etdi. 2020-yilda koronavirus pandemiyasi elektron tijorat bozorining rivojlanishiga omil boʻldi. Onlayn savdo kishilar uchun eng qulay va xavfsiz usul ekanligi isbotlandi.
Marketpleysda xaridorlar uchun afzalliklar:
– kundalik ehtiyojlar doirasida mahsulotlarning 3 oydan 12 oygacha muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish imkoniyatining mavjudligi;
– keng assortiment (onlayn-doʻkondan farqli ravishda);
– uy yoki ofisdan chiqmagan holda qulay va xavfsiz xarid;
– kafolatli logistik xizmat;
– xizmatlar uchun shaffof va standart toʻlov.
Merchantlar uchun afzalliklar:
– zamonaviy integratsiyalashgan savdo boshqaruviga qoʻshilish;
– doimiy xaridorlar oqimiga erishish;
– logistika, omborxona va boshqa xizmatlar uchun minimallashtirilgan xarajatlar;
– mahsulot yoki xizmatlarni sotish uchun qoʻshimcha platforma;
– faoliyatni tomonlararo manfaatli va qulay tarzda yuritish.
Hozirda ilovada qanday bank xizmatlari amal qiladi?
– onlayn konversiya amaliyotlari (olish va sotish);
– onlayn shakllantiraladigan muddatli va jamgʻarib boriladigan omonatlar;
– kartadan kartaga pul oʻtkazmalari (5 usulda);
– onlayn mikroqarz (uzoq va qisqa muddatli, sugʻurta taʼminoti ostida);
– overdraft kreditlari (ochiq kredit liniyasi, 6 oygacha imtiyozli davr);
– kreditlarni soʻndirish;
– kommunal va boshqa 350 turdan ortiq xizmatlar uchun toʻlovlar;
– hisobraqamlarga pul oʻtkazmalari (yuridik va byudjet tashkilotlariga);
– xalqaro pul oʻtkazmalarini qabul qilish (Zolotaya korona);
– Bank kartalariga buyurtma berish (Humo, Uzcard);
– marketpleys (Bank krediti hisobiga va naqd shaklda);
– xalqaro kartalarga pul oʻtkazish (Mastercard, Visa, Unionpay);
– 24/7 rejimida mijozlarni qoʻllab-quvvatlovchi elektron chat;
– mijozlar uchun bank filialiga tashrif buyurishdan avval masofadan elektron navbat olish imkoniyati;
– oltin quymalar sotuvi;
– virtual hamyon;
– Humo virtual kartasiga ariza berish va NFC kontaktsiz toʻlov xizmati yoʻlga qoʻyilgan.
Yaqin istiqboldagi rejalar
– JOYDA mobil ilovasi orqali Cash back tizimi joriy qilinadi;
– amalga oshirilgan tranzaksiyalar boʻyicha bonuslar ishlab chiqiladi;
– avtokredit, xalqaro virtual kartalar va chet el valyutasidagi omonatlarni rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, mobil ilovaning oflayn rejimda ishlovchi versiyasini yaratish hamda mijozlar talabidan kelib chiqib boshqa bank mahsulot va xizmat turlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Oʻzsanoatqurilishbank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...