Все Кредиты
Joriy yilning 14-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent viloyati Pskent tumanidagi “Zhongtian Chemical” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasiga press-tur uyushtirildi.
Kimyo sanoatini rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining ishlashini ta’minlashda muhim sanaladi. Shu bois islohotlarda ushbu yo‘nalishda zamonaviy sanoat korxonalarini tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Pskent tumanidagi “Zhongtian chemical” mas’uliyati cheklangan jamiyati xitoylik sarmoyadorlar ishtirokida ishga tushirilgan. Zavod faoliyati O‘rta Osiyoda yagona bo‘lib, u yerda tog‘-kon sanoatida keng qo‘llaniladigan ksantogenat kimyoviy moddalari ishlab chiqarilmoqda.
– Qo‘shma korxona faoliyati 2019-2022-yillarda viloyatning sanoat salohiyatini rivojlantirish maqsadida shakllantirilgan loyihalar qatorida yo‘lga qo‘yildi, – deydi “Zhongtian chemical” MCHJ ish boshqaruvchisi Jahongir Aliyev. – Buning uchun jamiyatimizga “Kelovchi” QFY hududidagi bo‘sh turgan bino va inshootlar bilan birga 12,3 gektar maydon ajratib berildi.
Birinchi bosqichda umumiy qiymati 5 mln. AQSH dollarlik loyiha ishga tushirilib, 150 dan ziyod mahalliy aholining bandligi ta’minlandi.
Joriy yilda korxona faoliyatini kengaytirishga qaratilgan yana bir loyihaga qo‘l urilib, uni amalga oshirish maqsadda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan 2,4 mln. yevro miqdorida kredit ajratildi.
Natijada korxona ishchilari soni 200 dan ortdi, joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 ming tonna ko‘p, ya’ni 17 mln. dollarlik (8100 tonna) mahsulot ishlab chiqarildi.
Bugungi kunda “Zhongtian chemical” MCHJning ichki bozordagi hamkorlari Navoiy va Olmаliq kon-metallurgiya kombinatlari hisoblanadi. Bundan tashqari, korxona mahsulotlari Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida bu boradagi ko‘rsatkich 9 mln. dollarni tashkil etdi.
Press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda jamiyatning istiqboldagi rejalari bilan tanishtirildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...