Yangiliklar

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida


26.07.2024 16:38

O‘zsanoatqurilishbank kibertahdidlardan ogohlantiradi!

So‘nggi yillarda bank kartalari, mobil ilovalar, onlayn kredit kabi moliyaviy xizmatlarga doir kiberjinoyatlar soni tobora ortib bormoqda.
Ulardan himoyalanish va kiberhujumlar qurboniga aylanmaslik uchun quyidagi qoidalarga amalga qilishlik muhim zarurat:

– Messenjerlarda begona shaxslar bilan videoaloqa o‘rnatmaslik;
– telefon qo‘ng‘irog‘i orqali o‘zini bank va/yoki to‘lov tashkiloti xodimi sifatida tanishtirgan soxta kishilarga shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik (sababi, mijoz haqidagi ma’lumotlar bank va/yoki to‘lov tashkiloti bazasida mavjud bo‘ladi);
– elektron pochta va qo‘l telefoniga kelgan xat-xabarlarni puxta tekshirish;
– ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda doimo ogoh bo‘lish;
– brauzer, ilovalarni o‘z vaqtida yangilash;
– mustahkam va ishonchli parollardan foydalanish;
– parolni hech kimga ma’lum qilmaslik;
– antivirus dasturlaridan foydalanish;
– shubhali xabarlar, postlar va havolalarni boshqalar bilan bo‘lishmaslik;
– bankomatlarda plastik kartadan foydalanganda operatsiyalarni amalga oshirishda shubhali shaxslar yo‘qligiga e’tibor berish;
– APK formatidagi fayl va/yoki ilovalarni o‘rnatmaslik;
– POS-terminallarda bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishda parolni shaxsan terish;
– yuqoridagi kabi xatti-harakatlarga duch kelinganda, ular haqida tegishli tashkilotlar, shu jumladan, bank aloqa markaziga darhol xabar berish.

Unutmang, kiber firibgarlardan himoyalanishda barchamiz mas’ulmiz!



Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 26.07.2024 17:07  
up