Yangiliklar

London shahrida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada Oʻzsanoatqurilishbank faoliyati namoyish etildi


27.05.2022 15:23

London shahrida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada Oʻzsanoatqurilishbank faoliyati namoyish etildi

Joriy yilning 25-may kuni Oʻzsanoatqurilishbank vakillari London shahrida (Buyuk Britaniya) J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan “Rivojlangan bozorlarda katʼiy daromad olish” (“Frontier Markets Fixed Income Conferenсe”) mavzuyidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Unda Oʻzbekiston bank-moliya tizimidagi oʻzgarishlar hamda Oʻzsanoatqurilishbank faoliyati haqida taqdimot namoyish qilindi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad xalqaro kapital bozorlarida kompaniyalarning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, unda “Goldman Sachs Asset Management”, “Credit Suisse Asset Management”, “Barings”, “Aperture Venture Partners”, “Federated Investors Inc”, “Aberdeen Asset Management Plc”, “Glob Evol Fonds A/s”, “M&G Investment Management”, “William Blair & Company”, “Aegon Asset Management” kabi dunyo miqyosidagi yirik portfel investorlar, yetakchi investitsion va boshqaruv kompaniyalardan vakillar qatnashdi.
Konferensiyada Oʻzbekiston bank-moliya tizimidagi oʻzgarishlar, Oʻzsanoatqurilishbank faoliyati, xususan, muassasaning soʻnggi moliyaviy koʻrsatkichlari hamda xalqaro moliya institutlari koʻmagida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari haqida taqdimot namoyish etildi.
Bundan tashqari, Bank vakillari tomonidan salohiyatli investorlar va xorijiy hamkor banklar masʼullari bilan qator yakka tartibdagi uchrashuvlar tashkil qilinib, unda savdo va investitsion moliyalashtirish sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda xodimlar bilim va tajribasini oshirish maqsadida turli oʻquv-treninglarni tashkil etish yuzasidan oʻzaro muzokaralar olib bordi.
Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbankning investitsion faoliyatini xorijiy investorlarga tanishtirib borish yaxshi anʼanaga aylangan. Oʻtgan yili Bank tomonidan ana shunday oʻnga yaqin tadbirlar “Wood and Co” (Chexiya), “Mashreqbank” (Birlashgan Arab Amirliklari), “Sberbank” (Rossiya), “JP Morgan” (AQSH) va “Raiffeisenbank” (Avstriya) kabi yetakchi bank-moliya institutlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan edi.

  Bank Axborot xizmati.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2022 15:26  
up