Yangiliklar

Margʻilonda bank xizmatlarini taqdim etuvchi zamonaviy markaz ish boshladi


18.09.2020 15:10

2020-yil 17-sentyabr kuni Margʻilon shahrida Oʻzsanoatqurilishbankning Bank xizmatlari markazi ochildi.

Markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng koʻlamli bank va konsalting xizmatlari koʻrsatiladi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, markazda mijozlarga hisob raqam ochish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi toʻlovlar hamda xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, qolaversa, bank xizmatlariga oid maslahatlar olish kabi koʻplab xizmatlarni taqdim etadi.

Bank xizmatlari markazi 24/7 rejimida faoliyat koʻrsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan taʼminlangan. Bu yerda Margʻilon aholisi hamda mehmonlari haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablagʻlarini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin.

Taʼkidlash kerakki, ushbu muassasaning ochilishi bilan Oʻzsanoatqurilishbank tizimidagi zamonaviy Bank xizmatlari markazlari soni 43 taga yetdi. Anʼanaviy filiallardan farqli ravishda mazkur markazlar ixcham shaklga egaligi bois aholining bank xizmatlariga boʻlgan talabini tez va sifatli qondirish imkonini beradi.

Joriy yil soʻngiga qadar Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan respublikamizning turli hududlarida yana oʻndan ortiq mana shunday Bank xizmatlari markazlari tashkil etiladi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.11.2020 13:10  
up