Все Кредиты
Joriy yilning 2-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi faoliyatiga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.
“Tadbirkorlar maktabi” Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni asosida Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan.
Bundan koʻzlangan maqsad tadbirkorlik subyektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga oʻqitish hamda ularga yanada keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Markazda mashgʻulotlar zamonaviy oʻquv dasturlari va yangi taʼlim metodlari asosida 4 ta modulga ajratilgan holda olib borilmoqda, urgʻu asosan amaliyotga berilmoqda. Shuningdek, kurs alohida biznes loyiha tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Oʻquv markazi bir vaqtning oʻzida 40 nafar tinglovchiga moʻljallangan boʻlib, buning uchun barcha zaruriy taʼlim vositalari, oʻquv qurollari, adabiyotlar bilan taʼminlangan. Mashgʻulotlar 30ga yaqin mahalliy va xorijiy mutaxassislardan tarkib topgan professor-oʻqitvchilar tomonidan zamonaviy oʻquv dasturlari va yangi taʼlim metodlari asosida olib borilmoqda.
Tadbirda taʼkidlanganidek, oʻquv mashgʻulotlari yakunida bitiruvchilarga “kelajak uchun boʻnak” tamoyili asosida maxsus raqamlangan sertifikatlar taqdim etiladi va ularning keyingi faoliyati mutaxassislar orqali doim qoʻllab-quvvatlab boriladi.
Shu kunga qadar oʻquv mashgʻulotlarida korxonalar rahbarlari, ish boshqaruvchilari, injener-texnologlar, davlat xizmatchilari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, magistr va bakalavr yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar hamda boshqa manfaatdor aholi vakillari faol qatnashdi.
484 nafar tinglovchi qisqa muddatli kurslarda oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirdi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...