Все Кредиты
Pandemiya davrida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari oldida mijozlarni bank ofislariga tashrifi cheklanishi, qarzdorlarning toʻlov qobiliyati kamayishi, aktivlar va daromadlar sifati pasayishi bilan bogʻliq katta tavakkalchiliklar yuzaga keldi. Bunga qarshi choralar sifatida banklar masofaviy banking raqamli texnologiyalariga sarmoyalarni koʻpaytirmoqda, harajatlarni maqbullashtirmoqda hamda tavakkalchiliklarni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etmoqda.
Bank faoliyatini yaxshilash va COVID-19 qarshi kurashish boʻyicha birinchi yarim yillik davomida hamda pandemiya davrida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini taqqoslash maqsadida masofaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, boshqaruv sifati, aktivlar sifati va daromadlar generatsiyasiga oid qobiliyati kabi koʻrsatkichlar asosida banklarning alohida va yakuniy reytinglari tuzildi. Taʼkidlash joizki, banklarning moliyaviy hisobotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining omma foydalanishi uchun ochiq boʻlgan statistik maʼlumotlari reyting uchun manba sifatida xizmat qiladi.
1. Masofaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati koʻrsatkichi onlayn tarzida bank xizmatlaridan foydalanuvchi ham jismoniy, ham yuridik shaxslarni qamrab oladi.
1-jadvalga koʻra, 2020 yil 1 iyul holatiga masofaviy bank xizmatlari tizimlaridan foydalanuvchilarning umumiy soni 11,7 mln.ga yetdi, ularning 93,8% - jismoniy shaxslar, 6,2% - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni boʻyicha Ipotekabank ilgʻor (108,5 ming foydalanuvchi), jismoniy shaxslar (1 746 ming) va umumiy foydalanuvchilar soni boʻyicha (1 783 ming) Oʻzsanoatqurilishbank - oldinda.
Foydalanuvchilar umumiy soni boʻyicha top-5likda Xalq banki (1 681 ming), Agrobank (1 482 ming), Ipoteka bank (1 224 ming) va Milliy bank (1 147 ming) oʻrin. Masofaviy xizmatlar foydalanuvchilarining eng kam soni Tenge bank (756), Saderat bank (926), Uzagroeksportbank (1 280), Madad Invest bank (2 601) va Poytaxt bank (3 430) larda.
1-jadval. Masofaviy bank xizmatlari foydalanuvchilarining umumiy soni (01.07.2020y.)
№ | Банк | Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar | Jismoniy shaxslar | Jami |
1 | Oʻzsanoatqurilishbank | 36 892 | 1 745 955 | 1 782 847 |
2 | Xalq banki | 93 833 | 1 587 554 | 1 681 387 |
3 | Agrobank | 92 602 | 1 389 243 | 1 481 845 |
4 | Ipoteka-bank | 108 509 | 1 115 724 | 1 224 233 |
5 | Milliy bank | 54 579 | 1 092 840 | 1 147 419 |
6 | Xamkor bank | 75 184 | 812 090 | 887 274 |
7 | Mikrokreditbank | 51 169 | 661 655 | 712 824 |
8 | Asaka bank | 22 082 | 640 320 | 662 402 |
9 | Ipak yo'li | 21 011 | 336 713 | 357 724 |
10 | Aloqa bank | 14 581 | 325 100 | 339 681 |
11 | Qishloq qurilish bank | 19 592 | 262 703 | 282 295 |
12 | Invest Finans bank | 18 474 | 251 325 | 269 799 |
13 | Oriyent Finans bank | 12 351 | 182 301 | 194 652 |
14 | Turon bank | 18 921 | 168 239 | 187 160 |
15 | Kapital bank | 20 874 | 159 856 | 180 730 |
16 | Aziya Alyans bank | 10 643 | 138 395 | 149 038 |
17 | Trastbank | 23 967 | 93 785 | 117 752 |
18 | Savdogarbank | 10 737 | 67 026 | 77 763 |
19 | Davr bank | 18 139 | 52 051 | 70 190 |
20 | Universalbank | 4 581 | 49 010 | 53 591 |
21 | UzKDB Bank | 697 | 25 008 | 25 705 |
22 | Xay-Tek bank | 1 422 | 20 383 | 21 805 |
23 | Ravnaq bank | 1 749 | 15 906 | 17 655 |
24 | Ziraat bank | 1 448 | 14 613 | 16 061 |
25 | Turkiston bank | 3 365 | 8 711 | 12 076 |
26 | Poytaxt bank | 662 | 2 768 | 3 430 |
27 | Madad Invest bank | 550 | 2 051 | 2 601 |
28 | Oʻzagroeksportbank | 102 | 1 178 | 1 280 |
29 | Saderat bank Tashkent | 147 | 779 | 926 |
30 | Tenge bank | 120 | 636 | 756 |
Jamo | 738 983 | 11 223 918 | 11 962 901 |
Manba: OʻzR MB
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda, masofaviy mijozlar umumiy sonining banklar filiallari soniga nisbati, yaʼni bitta filialga masofaviy mijozlar soni hisoblandi (2-jadval). Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzsanoatqurilishbank ilgʻor (bitta filialga 39 619 mijoz). Yetakchilar beshligiga Ipoteka bank (31 391), Asaka bank (28 800), Oriyent Finans bank (27 807) va Aloqabank (24 263) ham kiradi. Masofaviy bank xizmati tizimlari foydalanuvchilarining eng kam soni Tenge bank (756), Saderat bank (926), Oʻzagroeksportbank (1 280), Madad Invest bank (2 601) va Poytaxt bank (3 430) kabi banklarga toʻgʻri kelmoqda.
2-jadval. Bitta filialga masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni (01.07.2020й.)
№ | Bank | Bitta filialga mijozlar soni | № | Bank | Bitta filialga mijozlar soni | |
1 | Oʻzsanoatqurilishbank | 39 619 | 16 | Mikrokredit bank | 10 040 | |
2 | Ipoteka bank | 31 391 | 17 | Davr bank | 10 027 | |
3 | Asaka bank | 28 800 | 18 | Turon bank | 9 358 | |
4 | Oriyent Finans bank | 27 807 | 19 | Agrobank | 8 717 | |
5 | Aloqa bank | 24 263 | 20 | UzKDB Bank | 8 568 | |
6 | Ipak yo'li банк | 22 358 | 21 | Xalq banki | 8 535 | |
7 | Xay-Tek bank | 21 805 | 22 | Ziraat bank | 8 031 | |
8 | Ҳамкор банк | 20 634 | 23 | Qishloq qurilish bank | 6 565 | |
9 | Ravnaq bank | 17 655 | 24 | Turkiston bank | 6 038 | |
10 | Invest Finans bank | 16 862 | 25 | Савдогар банк | 3 888 | |
11 | OʻzMilliybank | 15 506 | 26 | Poytaxt bank | 3 430 | |
12 | Aziya Alyans bank | 14 904 | 27 | Madad Invest bank | 2 601 | |
13 | Kapital bank | 12 049 | 28 | Oʻzagroeksportbank | 1 280 | |
14 | Universal bank | 10 718 | 29 | DB Banka Saderat Irana | 926 | |
15 | Trastbank | 10 705 | 30 | Tenge bank | 756 |
Manba: OʻzR MB maʼlumotlari asosida mualliflar hisob-kitoblari
2. Boshqaruv sifati
Banklarni boshqarish sifati koʻrsatkichi xalqaro tajriba asosida amaliyot samaradorligi yoki CIR (Cost to income ratio) darajasi bilan belgilanadi. Ushbu koʻrsatkich biznes yuritish samaradorligini aks etadi va bankning amaliyot harajatlarining hisobot davrida amaliyot daromadlariga nisbati sifatida hisoblanadi. Jumladan, 50 foiz miqdordagi CIR bankning 1 soʻm daromadga harajatlari 0,5 soʻmni tashkil etishini anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining CIR koʻrsatkichi 14,5% dan 81,3% gacha doirasida oʻzgarib turadi (3-jadval). Eng past CIR koʻrsatkichlari mamlakatimizning yirik davlat banklari, jumladan Asaka bank (14,5%), Oʻzsanoatqurilishbank (15,8%) va Milliy bank (17,5%). Shuningdek, eng yaxshi beshlikka Madad Invest bank (20,6%) va Saderat bank (23,3%) ham kirdi.
3-jadval. CIR koʻrsatkichi (01.07.2020й.)
№ | Banklar | CIR | № | Banklar | CIR | |
1 | Asaka bank | 14,5% | 16 | Oʻzagroeksportbank | 48,0% | |
2 | Oʻzsanoatqurilishbank | 15,8% | 17 | Mikrokredit bank | 49,3% | |
3 | OʻzMilliybank | 17,5% | 18 | Universal bank | 49,9% | |
4 | Madad Invest bank | 20,6% | 19 | Tenge bank | 52,7% | |
5 | DB Banka Saderat Irana | 23,3% | 20 | Turkiston bank | 52,8% | |
6 | Ipoteka bank | 28,0% | 21 | Xalq banki | 54,5% | |
7 | Trastbank | 28,8% | 22 | Turon bank | 56,0% | |
8 | Ziraat bank | 28,9% | 23 | Invest Finans bank | 56,8% | |
9 | Davr bank | 30,0% | 24 | Aloqa bank | 58,8% | |
10 | Oriyent Finans bank | 34,8% | 25 | Agrobank | 61,0% | |
11 | Ipak yo'li банк | 37,4% | 26 | Aziya Alyans bank | 61,5% | |
12 | Qishloq qurilish bank | 38,7% | 27 | Kapital bank | 65,9% | |
13 | Ҳамкор банк | 39,2% | 28 | Savdogar bank | 74,1% | |
14 | Poytaxt bank | 39,8% | 29 | Ravnaq bank | 75,9% | |
15 | UzKDB Bank | 45,4% | 30 | Xay-Tek bank | 81,3% |
Eng past amaliyot samaradorligiga ega banklar (yuqori CIR) beshligiga Xay-Tek bank (81,3%), Ravnaq bank (75,9%), Savdogar bank (74,1%), Kapital bank (65,9%) va Aziya Alyans bank (61,5%) kiradi.
3. Bank aktivlari sifati
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlari sifatini aniqlash uchun NPL (non performing loans) koʻrsatkichini koʻrib chiqamiz. Ushbu koʻrsatkich oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilmaslik tavakkalchiligi mavjud boʻlgan yoki 90 kun davomida toʻlanmagan muammoli kreditlar ulushini aks etadi.
4-jadval. NPL koʻrsatkichi (01.07.2020й.)
№ | Bank | Kredit portfeli (mlrd. soʻm) | Ulardan , muammoli kreditlar (mlrd. soʻm) | NPL (в %) |
Jami | 244 906 | 7 087 | 2,9% | |
1 | OʻzKDB bank | 799 | 0 | 0,0% |
2 | Tenge bank | 352 | 0 | 0,0% |
3 | DB Banka Saderat Irana | 6 | 0 | 0,1% |
4 | Turkiston bank | 813 | 1 | 0,1% |
5 | Universal bank | 654 | 1 | 0,1% |
6 | Davr bank | 1 063 | 2 | 0,2% |
7 | Oriyent Finans bank | 2 775 | 5 | 0,2% |
8 | Turon bank | 5 303 | 11 | 0,2% |
9 | Xay-Tek bank | 248 | 1 | 0,3% |
10 | Invest Finans bank | 2 960 | 11 | 0,4% |
11 | Kapital bank | 3 416 | 16 | 0,5% |
12 | Savdogar bank | 816 | 5 | 0,6% |
13 | Ziraat bank | 487 | 3 | 0,6% |
14 | Agrobank | 21 020 | 248 | 1,2% |
15 | Poytaxt bank | 91 | 1 | 1,3% |
16 | Mikrokredit bank | 6 484 | 85 | 1,3% |
17 | Ravnaq bank | 410 | 6 | 1,4% |
18 | Qishloq qurilish bank | 11 903 | 165 | 1,4% |
19 | Trastbank | 1 911 | 36 | 1,9% |
20 | Aloqa bank | 5 432 | 130 | 2,4% |
21 | OʻzMilliybank | 61 104 | 1 511 | 2,5% |
22 | Aziya Alyans bank | 1 707 | 43 | 2,5% |
23 | Ipoteka bank | 20 806 | 623 | 3,0% |
24 | Xalq banki | 15 397 | 483 | 3,1% |
25 | Madad Invest bank | 147 | 6 | 3,8% |
26 | Ipak yo'li банк | 4 415 | 182 | 4,1% |
27 | Asaka bank | 31 515 | 1 460 | 4,6% |
28 | Oʻzsanoatqurilishbank | 36 122 | 1 725 | 4,8% |
29 | Ҳамкор банк | 6 663 | 322 | 4,8% |
30 | Oʻzagroeksportbank | 88 | 7 | 8,5% |
Manba: OʻzR MB
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 01.07.2020 y.holatga, eng past NPL koʻrsatkichli banklar beshligiga Tenge bank (0%), OʻzKDB bank (0%), Saderat bank (0,1%), Turkiston bank (0,1%) va Universal bank (0,1%) kiradi. Muammoli kreditlarining eng koʻp koʻrsatkichlari Oʻzagroeksportbank (8,5%), Hamkor banka (4,8%), Oʻzsanoatqurilishbank (4,8%), Asaka banka (4,6%) va Ipak yoʻli banki (4,1%) da qayd etilgan.
Umuman olganda, amalga oshirilgan karantin choralari va hukumat tomonidan taqdim etilgan imtiyoz va kreditlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatlari uzaytirilganini hisobga olgan holda muammoli kreditlar ulushi oshishi kutilgan edi va bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 6 iyuldagi 2020-2025 yillarda bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishidagi maʼruzasida tilga olingan.
4. Tijorat banklarining daromadlar generatsiyasiga oid qobiliyatlari
Bankning tijorat korxonasi sifatidagi faoliyati samaradorligini baholash foizlik daromad va foizlik harajatlar tahliliga asoslanadi, chunki mablagʻlarni depozitlarga jalb qilish va foizlar hisobiga kreditlash kunlik bank amaliyot faoliyatining salmoqli qismini tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, foizlik daromadlarning foizlik harajatlarga nisbati bankning daromad generatsiyasi qobiliyatining indikatori sifatida xizmat qilishi mumkin. Bankning depozitlar boʻyicha toʻlagan foizining har bir soʻmiga daromad olish qobiliyati qancha katta boʻlsa, shuncha mazkur koʻrsatkich yuqori boʻladi.
5-jadval. Foizlik daromadlarning foizlik harajatlarga nisbati (01.07.2020й.)
№ | Bank | %-lik daromadlarning %-lik harajatlarga nisbati | № | Bank | %-lik daromadlarning %-lik harajatlarga nisbati | |
1 | UzKDB Bank* | - | 16 | OʻzMilliybank | 180,8% | |
2 | DB Banka Saderat Irana | 6427,9% | 17 | Turon bank | 176,5% | |
3 | Poytaxt bank | 3576,6% | 18 | Mikrokredit bank | 174,1% | |
4 | Madad Invest bank | 1263,0% | 19 | Xamkor bank | 157,2% | |
5 | Tenge bank | 497,3% | 20 | Aziya Alyans bank | 148,6% | |
6 | Ziraat bank | 368,4% | 21 | Invest Finans bank | 145,3% | |
7 | Uzagroeksportbank | 336,9% | 22 | Народный банк | 144,2% | |
8 | Trastbank | 296,7% | 23 | Universal bank | 142,1% | |
9 | Oriyent Finans bank | 224,1% | 24 | Agrobank | 141,5% | |
10 | Davr bank | 217,4% | 25 | Savdogar bank | 141,4% | |
11 | Ipak yo'li bank | 204,2% | 26 | Turkiston bank | 139,2% | |
12 | Xay-Tek bank | 192,4% | 27 | Qishloq qurilish bank | 137,3% | |
13 | Ipoteka bank | 188,4% | 28 | Asaka bank | 136,7% | |
14 | Ravnaq bank | 183,8% | 29 | Aloqa bank | 136,6% | |
15 | Oʻzsanoatqurilishbank | 183,3% | 30 | Kapital bank | 131,8% |
Manba: banklarning moliyaviy hisobdorligi
(*) – Emitentning joriy yil I va II choraklari boʻyicha hisobotiga koʻra, OʻzKDB foizlik harajatlarga ega emas, bu esa nisbat znamenatelini nolga teng qiladi.
Foizlik daromadlarning harajatlarga nisbati boʻyicha banklarning top-5giga OʻzKDB bank, Saderat bank, Poytaxt bank, Madad invest bank va Tenge bank kirdi. Buni mazkur banklar depozitlar bozorida hali mustahkam oʻrin egallamaganligi va ularda jalb etilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar toʻlovlari kamligi bilan izohlash mumkin. Tegishlicha, ularning muddatli depozitlar umumiy xajmidagi ulushi 0,16 foizga teng.
Oʻz navbatida, foizlik daromadlarning harajatlarga eng kam nisbati bilan banklar beshligiga asosan oʻrta va yirik aylanma mablagʻlarga ega banklar kiradi, ular katta xajmdagi muddatli depozitlar va boshqa zayom mablagʻlarni jalb qilishlari zarur. Bular Kapitalbank, Aloqabank, Asakabank, Qishloq qurilish bank va Turkiston bank. Ularning muddatli depozitlar umumiy xajmidagi ulushi 24,97 foizni tashkil etadi.
Tijorat banklarining umumiy reytingi
Yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, banklar umumiy reytingi tuzildi, unda barcha toʻrtta toifa koʻrsatkichlari hisobga olinadi.
6-jadval. Tijorat banklar reytingi (01.07.2020y.)
№ | Banklar | Masofaviy bankingda foydalanish imkoniyati | Boshqaruv | Banklar | Daromadlar | |
Masofaviy |
1 filialga
| CIR | NPL |
%-lik daromadlarning
| ||
1 | Oriyent Finans bank | 13 | 4 | 10 | 7 | 9 |
2 | Oʻzsanoatqurilishbank | 1 | 1 | 2 | 28 | 15 |
3 | Ipoteka-bank | 4 | 2 | 6 | 23 | 13 |
4 | Milliy bank | 5 | 11 | 3 | 21 | 16 |
5 | OʻzKDB bank | 21 | 20 | 15 | 1 | 1 |
6 | Davr bank | 19 | 17 | 9 | 6 | 10 |
7 | Ipak yo'li | 9 | 6 | 11 | 26 | 11 |
8 | Trastbank | 17 | 15 | 7 | 19 | 8 |
9 | Asaka bank | 8 | 3 | 1 | 27 | 28 |
10 | Saderat bank Tashkent | 29 | 29 | 5 | 3 | 2 |
11 | Ziraat bank | 24 | 22 | 8 | 13 | 6 |
12 | Mikrokreditbank | 7 | 16 | 17 | 16 | 18 |
13 | Xamkor bank | 6 | 8 | 13 | 29 | 19 |
14 | Invest Finans bank | 12 | 10 | 23 | 10 | 21 |
15 | Turon bank | 14 | 18 | 22 | 8 | 17 |
16 | Universalbank | 20 | 14 | 18 | 5 | 23 |
17 | Xay-Tek bank | 22 | 7 | 30 | 9 | 12 |
18 | Poytaxt bank | 26 | 26 | 14 | 15 | 3 |
19 | Agrobank | 3 | 19 | 25 | 14 | 24 |
20 | Tenge bank | 30 | 30 | 19 | 2 | 5 |
21 | Madad Invest bank | 27 | 27 | 4 | 25 | 4 |
22 | Aloqa bank | 10 | 5 | 24 | 20 | 29 |
23 | Xalq banki | 2 | 21 | 21 | 24 | 22 |
24 | Qishloq qurilish bank | 11 | 23 | 12 | 18 | 27 |
25 | Ravnaq bank | 23 | 9 | 29 | 17 | 14 |
26 | Aziya Alyans bank | 16 | 12 | 26 | 22 | 20 |
27 | Kapital bank | 15 | 13 | 27 | 11 | 30 |
28 | Turkiston bank | 25 | 24 | 20 | 4 | 26 |
29 | Savdogarbank | 18 | 25 | 28 | 12 | 25 |
30 | Oʻzagroeksportbank | 28 | 28 | 16 | 30 | 7 |
6-jadvalga koʻra, eng yaxshi banklar beshligida Oriyent finans bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Ipotekabank, Milliy bank va OʻzKDB banklar. Ushbu banklarda jami eng yuqori koʻrsatkichlar.
Oriyent finans bank barcha reytinglar yakunlari boʻyicha birinchi oʻrin egallaydi, lekin yuqorida qayd etilgan koʻrsatkichlar kesimida yetakchilik qilmaydi. Jumladan, masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning bitta filial doirasidagi soni 27 807 mijozni tashkil etadi (4-oʻrin), amaliyot samaradorligi (CIR) esa - 34,8 foizga teng (10-oʻrin). Ammo boshqa banklardan farqli ravishda Oriyent finans bankda reytinglar oʻrtasida alohida toifalar boʻyicha sezilarli farqliklar kuzatilmaydi.
Agar birinchi oʻnlik reytingiga qarasak, unda davlat ulushi boʻlgan Oʻzsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Milliy bank va Asaka bank boshqaruv sifati (CIR) va bitta filialga masofaviy xizmatlar foydalanuvchilari soni boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga ega. Bunga sabab mazkur banklarning iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari va yirik korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatishidir . Shu munosabat bilan ular bitta xodimga nisbatan katta aktivlarni boshqaradi, bu esa ularga amaliyot harajatlarini pasaytirish hamda yangi bank texnologiyalari va dasturiy mahlumotlarga sarmoya kiritish imkonini beradi.
Ushbu reytingdagi boshqa tijorat banklari, jumladan, Oriyent Finans bank, OʻzKDB bank, Davr bank, Ipak Yoʻli, Trastbank va Saderat bank daromad generatsiyasiga yuqori qobiliyati bilan davlat ulushi ishtirokida banklardan farqlanadi, buni esa mazkur banklarda berilayotgan kreditlarning yuqori marjinalligi bilan izohlash mumkin.
A.Xalilov, K.Fozilova
Oʻzsanoatqurilishbank huzuridagi Biznes-tahlil markazi
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...