Все Кредиты
Joriy yilning 4-oktyabr kuni “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyumshasida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida ish boshlagan “CESAM” – Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimizda sementga boʻlgan talabning yuqoriligi, bozorni yanada rivojlantirish salohiyati, qulay ishbilarmonlik muhiti va ragʻbatlantiruvchi davlat siyosatining mavjudligi xorijiy investorlar eʼtiborini tortmoqda.
Soʻnggi 5 yilda hududlarda energiya tejovchi “quruq” texnologiyalar asosida sement ishlab chiqaruvchi 21 ta yangi korxona tashkil etilgan boʻlsa, ular tarkibida xorijiy investitsiyalar asosida ishga tushirilgan qoʻshma korxonalar talaygina.
“CESAM” qoʻshma korxonasi ham Xitoyning “China Energy” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan boʻlib, u yerda yuqori markali, sifatli portland sement mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Uchrashuvda dastlab, uyushma mutasaddilari tomonidan Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, sement ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari faoliyati, eksport-import masalalarida amalda boʻlgan tartib-tamoyillar haqida maʼlumot berildi.
“CESAM” korxonasi vakillari tomonidan esa, zavodning texnologik quvvati, ishlab chiqarish hajmi, mahsulot turlari va sifati boʻyicha taqdimot namoyish etildi.
Shundan soʻng, tomonlar Oʻzbekistonda sement ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, transport logistikasi, xom ashyo masalasida ham fikr almashdi.
Uyushma bilan hamkorlikdagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...