Yangiliklar

Oʻzgarishlar davri strategiyasi


17.11.2022 13:57

Oʻzgarishlar davri strategiyasi

Bugun, joriy yilning 17-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank top-menejerlari uchun Moskva “Skolkovo” boshqaruv maktabi bilan hamkorlikdagi “Transformatsiyani qoʻllab-quvvatlash: SQB’ni oʻzgartiradigan yetakchilar” dasturiga oid dastlabki modul boʻyicha seminar boshlandi.

2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida kadrlar salohiyatini oshirish, xususan, kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, kadrlarini uzluksiz oʻqitish tizimini joriy qilish, bunda yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish masalalari oʻrin olgan.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan strategiyada qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli oʻquv dasturlari boʻyicha seminarlar tashkil etilmoqda.

Moskva Skolkovo boshqaruv maktabi bilan hamkorlikdagi seminar “Oʻzgarishlar davri strategiyasi”ga bagʻishlandi.

Toʻrt kunga moʻljallangan seminar davomida oʻquv mashgʻulotlar moskvalik professor-oʻqituvchilar va bank xodimlari oʻrtasida “Raqamlashtirish va turbulentlik sharoitida strategik kontekst”, “Yangi raqobatbardoshlik tamoyillari”, “Moliyaviy bozor tendensiyalari va texnologiyalar sharhi bilan ishlash”, “Strategiya turlari va uning asosiy elementlari”, “Mijozlarga yoʻnaltirilganlik Bank rivojining yoʻnalishi sifatida”, “Oʻzgarishlarni boshqarishda yetakchilik: liderning roli” kabi mavzularda interaktiv tarzda oʻtkaziladi.

Yirik moliyaviy kompaniyalarda transformatsiya bosqichlari xalqaro kompaniyalari faoliyati misolida tahlil qilinadi.

Seminar natijasida ishtirokchilar global tendensiyalarni hisobga olib, biznes muhiti (bozor, sanoat)ning qanday oʻzgarishini aniqlash, mazkur vaziyat bank (va/yoki boʻlinma va mahsulot) strategiyasiga qanday taʼsir qilishini tahlil qila olish, qaror qabul qilish jarayonida mijozga yoʻnaltirilgan yondashuvni boshqarish, strategik va operatsion oʻzgarishlar boʻyicha yangi koʻnikmalar orttirishi koʻzda tutilgan.

Taʼkidlash joiz, tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, seminarlar 2023-yilning aprel oyigacha davom etib, bunda Bank top-menejerlari “Biznes modelni transformatsiya qilish”, “Ish uslubini “mijozga yoʻnaltirilganlik” tamoyili asosida tashkil etish”, “Raqamli transformatsiya” hamda “Kommunikatsiya va korporativ madaniyat” kabi modullar asosida oʻqitiladi.

Ishtirokchilarga Moskva Skolkovo boshqaruv maktabining menejmentga doir xalqaro darajadagi sertifikati topshiriladi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.11.2022 14:01  
up